MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR! 1.
Tanlash operatori konstruktsiyasini tushuntirib bering?
2.
Shartli operatorining umumiy ko’rinishi qanday yoziladi?
3.
Switch operatori qanday jarayonlarda ishlatiladi?
5- §. Hisoblashlarda to’xtashlar (pauza) hosil qilish. O’quv modullari m-fayl pause, of pause, on pause. Dasturning ishlashini vaqtincha to’xtatib turish uchun pause operatoridan
foydalaniladi. U quyidagi shakllarda ishlatilishi mumkin:
pause –hisoblashlar biror klavisha bosilguncha to’xtab turadi;
210
pause(N)-hisoblashlar N sekundga to’xtaydi;
pause on pauzani qayta ishlash rejimini ulaydi;
pause off-pauzani qayta ishlash rejimini uzadi;
Quyidagi pause.m deb nomlangan m-faylni ko’raylik:
>> x=0:0.1:10; >>pause >>y=sin(x); >>plot(x,y) >>y1=cos(x) >>pause(2) >>plot(x,y1) >>pause(0.5) >>y2=x.^2 >>plot(x,y2) >>pause(3) >>y3=1./x+2 >>plot(x,y3) Ushbu dastur F5 klavishasi yoki komandalar oynasidan pauza komandasi
yordamida ishga tushirilgandan keyin pauza operatori ta’sirida biror klavisha
bosilguncha kutib turadi. Klavisha bosilgandan keyin sin(x) ning grafigi
quriladi. Keyingi grafiklar pause(N) operatorlarning ishlashiga asosan ma’lum
vaqt oraliqlardan keyin ketma-ket quriladi, ya’ni 2 sekunddan keyin cos(x) ning,
0.5 sekunddan keyin x^2 ning va 3 sekunddan keyin 1/x-2 ning grafigi ekranda
paydo bo’ladi.
211
8.5.1-rasm
Hisoblashlarda pauzalar hosil qilinib olingan grafiklar.