O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 4,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/118
tarix28.11.2023
ölçüsü4,84 Mb.
#169460
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
mathcad

function 
[y, sr, sd]=sred(x) 
n=length(x); 
sr=sum(x)/n; 
sd=sqrt(sum(x-sr).^2/n); 
y=(sr+sd)/2; 
sred
nomi bilan aniqlangan va x vektor koordinatalari o’rta arifmetigini (sr), 
standart chetlanishini (sd) hamda ularning o’rtasini (y) hisoblovchi yangi 
funksiyani aniqlaydi. Funksiya ichidagi barcha o’zgaruvchilar lokal xarakterga 
egadir, sum(x)-esa vektor koordinatalari yig’indisini hisoblovchi Matlab 
funksiyasidir. 
M-fayl
funksiya ichidagina ko’rinadigan funksiya osti funksiyasi ham bo’lishi 
mumkin. Bu funksiya osti funksiyasi ham asosiy fayl funksiya komandalardan 


213 
keyin yozilib, u ham xuddi asosiy fayl funksiya kabi aniqlanadi. Masalan, srg 
funksiya sred fayldagi funksiya osti bo’lsa, kod 
>>function [y, sr, sd]=sred(x) 
>>n=length(x); 
>>sr=srg(x,n); 
>>sd=sqrt(sum((x-srg(x,n)).^2)/n); 
>>function sr=srg(x,n) 
>>sr=sum(x)/n; 
Agar Matlab funksiyani nomi bo’yicha topa olmasa, u holda shu nomdagi 
faylni qidiradi. Funksiya topilgandan keyin, uni keyinchalik ishlatish uchun 
Matlab tizimi funksiyani xotiraga kompelyatsiya qiladi. 
Funktsional m-fayldan chaqirilsa, Matlab funksiyani analiz qiladi va xotirada 
saqlab qo’yadi. Bu funksiya, xotira clear buyrug’i bilan tozalanmaguncha xotirada 
saqlanib turadi. 
Matlab katalogidagi barcha trigonometrik funksiyalar radian argumentlarda 
hisoblashni bajaradi. Endi biz graduslarda berilgan ixtiyoriy burchakning sinusini 
hisoblab beruvchi fayl funksiya hosil qilish misolini ko’ramiz. Bunda, shunga 
e’tibor berish kerakki, funksiya nomi fayl nomi bilan bir xil bo’lishi kerak. Bu 
funksiya uchun sing(x) funksiya nomi qilib olamiz. Masalani hal qiluvchi kod 
quyidagicha bo’ladi: 
>>
%Bu funksiya graduslarda berilgan
>>
%argumentning
sinusini hisoblab beradi 
>>
Function y=sing(x)
>>
y=sin(x.*pi./180)
Endi tizim ichida x ning aniq gradus qiymatlari bilan sing(x) ga murojat qilsak, 
unga qiymat chiqarib beriladi. Yuqoridagi o’xshash misollardan bir nechtasini 
mustaqil bajaring. 

Yüklə 4,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin