214
•
Funksiya o’z qiymatini qaytaradi va
uni matematik ifodalarda
nomi(parametrlar ro’yhati) ko’rinishida ishlatish mumkin;
•
Fayl-funksiyaningqobig’idagi hamma o’zgaruvchilar
lokal
o’zgaruvchilardir, ya’ni faqat funksiyaning ichida o’rinli;
•
Fayl-funksiya mustaqil dasturiy modul bo’lib, boshqa modullar bilan
o’zining kirish va chiqish parametrlari orqali aloqada bo’ladi;
•
Fayl-funksiya Matlab tizimini kengaytirish vositasidir;
•
Fayl-funksiya kompelyatsiya qilinadi va bajariladi, hosil qilingan
mashina kodlari Matlab tizimining ishchi sohasida saqlanadi.
Lokal va global o’zgaruvchilar. Funksiya parametrlarining ro’yhatida
ko’rsatilgan parametrlar lokal o’zgaruvchilar bo’lib
funksiya chaqirilganda
ularning o’rniga qo’yiladigan qiymatlarni olib o’tish uchun xizmat qiladi.
Agar funksiyadagi o’zgaruvchilar global bo’lishi zarur bo’lsa, ular global x,
u,… komandasi yordamida e’lon qilinadi.
Quyidagi misolni ko’raylik:
Tahrirlagich oynasida
ifodani hisoblovchi ikki o’zgaruvchili (x va y)
fun funksiyasi hosil qilingan.
Dasturda x va y o’zgaruvchilar
fun(x,y)
funksiyaning
parametrlari
bo’lganliklari sababli, ular lokal o’zgaruvchilardir. Funksiya qobig’idan tashqarida
ularga nol qiymatlar berilgan. Agar funksiya qobig’ida
fun(2,3)
ning qiymati
hisoblanadigan bo’lsa ularga x=2 va y=3 qiymatlar beriladi. Shuning uchun natija
z=13 bo’ladi. Lekin funksiyaning qobig’idan
chiqqandan keyin x va y
o’zgaruvchilar o’zlarining dastlabki nolga teng bo’lgan qiymatlarini oladi.
SHunday qilib, ushbu o’zgaruvchilar o’z qiymatlarini funksiya parametrlarining
qiymatlariga faqat lokal tarzda-funksiya qobig’ining ichidagina o’zgartiradi.
215
8.6.1-rasm.
Har qanday funksiya qobig’ida aniqlangan o’zgaruvchi singari z o’zgaruvchi
ham lokal o’zgaruvchidir. Dastlab uning qiymati aniqlanmagan bo’ladi.
Funksiyaning ichida u z=13 qiymatni qabul qiladi. Funksiyadan qaytgandan keyin
funksiyada qo’llanilganligiga
qaramasdan, u noaniq bo’lib qoladi. Agar z ni
chiqarishga harakat
qilinsa komandalar oynasida xatolik to’g’risida axborot hosil bo’ladi. Bunga
ishonch hosil qilish uchun quyidagi misolni ko’raylik:
Tahrirlash oynasida funksiya kiritamiz:
>>fun(2,3)
>> z = 13
ans = 13
>> z
>>Undefined function or variable 'z'.
Funksiyadagi hamma
amallar bajarilgandan keyin, ya’ni fayl-funksiyaning
oxiriga yetilgandan keyin funksiyadan qaytiladi.
Funksiyada shartli operatorlar,
sikllar yoki tanlash operatori ishlatilganda funksiyaning ma’lum joyidan qaytish
zaruriyati hosil bo’lishi mumkin. Buning uchun return komandasi xizmat qiladi.
Har qanday holda ham funksiya chiqish parametrining qiymatini qaytaradi.
Yuqoridagi misolda
Dostları ilə paylaş: