Xat turlari. Xizmat xatlari telegramma, telefonogramma. Bularning vazifasi, o„ziga xos xususiyatlari, ahamiyati
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa jo‗natilib, ikkinchi nusxa muassasaning o‗zida saqlanadi. Agar xat ikki va undan ortiq joyga yo‗llansa, xat jo‗natilayotgan asosiy muassasa yoki rahbar xodimning nomidan so‗ng boshqalari beriladi. Birgina hujjatda uni oluvchilarning nomi to‗rttadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari, odatda, muassasa nomiga yuboriladi. Faqat masalaning hal qilinishi bevosita rahbarga bog‗liq bo‗lsa, xat rahbar nomiga jo‗natilishi mumkin. Xizmat xatlarida matn uchun sarlavha katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmunini, ya'ni xat nima haqda ekanligini ko‗rsatadi.
Masalan: «Maktab remonti uchun qo‗shimcha mablag‗ ajratish haqida»,
«To‗lovlarga kafolat berish haqida». Matn uchun sarlavhalarning aniq va qisqa berilishi ish yuritishda qator qulayliklar yaratadi. Sarlavha bir jumladan iborat bo‗lib, xat matnidan oldin chap tomonda joylashadi. Odatda sarlavha «haqida» yoki «to‗g‗risida» kabi ko‗makchilar yordamida tugatiladi. Sarlavha ikki qatordan
.oshmasligi zarur. Xizmat xatlari matnidan so‗ng xatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko‗rsatilishi kerak. Agar xat xos ish qog‗ozida yozilmagan bo‗lsa, xatning imzo qismida lavozim nomidan tashqari muassasa nomi ham to‗liq ko‗rsatiladi. Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Ish yuritish jarayonida ba'zan xatga rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs yoki uning o‗rinbosari xatda qayd etilgan lavozim nomi oldiga chiziqcha qo‗yib (go‗yo o‗rinbosar imzo chekayotganligini uqtirayotgandek) imzo chekadi. Bu ish yuritishga mas'ul bo‗lgan shaxs tegishli yo‗riqnomadan xabardor emasligidan dalolat beradi. Xatni tayyorlash jarayonida tuzuvchi xatga kim imzo chekishini oldindan bilishi kerak. Rahbar bo‗lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‗lgan shaxs, ya'ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‗rinbosari, lavozimi aniq ko‗rsatilgan holda («direktor vazifasini bajaruvchi», «direktor o‗rinbosari» tarzida), imzo chekishi mumkin. Xatda bayon qilingan masalalar bo‗yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo‗lsa, imzolar soni ikki yoki undan ortiq bo‗lishi mumkin (masalan, to‗lov haqidagi kafolatnomalarda, moliyaviy hujjatlarda). Xatda imzolar ma'lum tartib asosida, ya'ni egallab turgan lavozimiga ko‗ra joylashadi. Imzodan so‗ng imzo chekuvchining familiyasi qavsga olinmay, ismi va ota ismining bosh harflari familiyadan oldin yoziladi, masalan:
Korxona direktori Bosh hisobchi (imzo) (imzo)
B.S.Karimov X.A.Samiev
Agar xatga biror-bir hujjat ilova qilinayotgan bo‗lsa, xatning quyi qismi chap tomoni hoshiyasiga «Ilova» so‗zi qo‗yiladi, so‗ng tartib raqami bilan ilova qilinayotgan hujjatlar nomi, nusxasi va beti ko‗rsatilgan holda beriladi. Har bir
ilova qilinayotgan hujjat nomi alohida qatorda joylashadi. «Ilova» so‗zining ostidan hech qanday yozuv yozilmaydi, masalan
Ilova: 1. «O‗zkeysmash» qo‗shma korxonasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi»
o‗zbek va ingliz tilida - 3bet, 1 nusxa.