O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-mavzu. Diniy madaniy an'nalarning axamiyati



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə25/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

12-mavzu. Diniy madaniy an'nalarning axamiyati.


1.Diniy bag‘rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni 
2. O‘zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida 
3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi 
Din qadimqadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni
anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi. Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob
g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.
Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy
muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa,
keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik
halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik,
barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish 
va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik
va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu
tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy
zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora
chuqurroq anglamoqda.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va
mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish,
ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat
dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi,
hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o‘zaro aloqalari
va o‘zaro ta‘sirlalarining barcha usullari majmuidir.
Jamiyat paydo bo‘lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.
Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real
vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din
ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda
kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta‘sir o‘tkazadi. Dinning
jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba‘zi mualliflar fikriga
ko‘ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din
ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta‘sir
ko‘rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me‘yorlar tizimini yaratish 

asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an‘analarni


shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta‘sir ko‘rsatadi. U ma‘naviy va axloqiy
qadriyat, marosim va udumlar tizimini o‘z me‘yoriga moslashtirib boradi.
Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya
doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir.
Dinning integrativ vazifasi jamiyat a‘zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei,
millati kabi xususiyatlaridan qat‘i nazar – birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon
bo‗ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E.
Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma‘naviy
qadriyatlar, e‘tiqod, urf-odat va an‘analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir
majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‗inish
masalasiga alohida e‘tibor beradi. Uningcha, din sig‗inish orqali jamiyatni bir
butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy
yaxlitlikni mustahkamlaydi,an‘analarni qo‗llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil
qiladi. Ushbu funksiyalarni to‘liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik,
hamjihatlik, o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo‘lishi
kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag‘rikenglik hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko‘p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.
Diniy bag‘rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o‘ynashi hech kimga sir
emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-
totuv hayot ta‘minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan
birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag‘rikenglikka
alohida e‘tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj
oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab
etishi mumkin. Ko‘plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo‘ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng
ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy
bag‘rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-
odatlarini, an‘analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo‘ladi.
Aks holda shaxlarlar o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga
kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi
mumkin. Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‗rtasidagi
bag‗rikenglik, tolerantlik g‗oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining
barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‗ildi. Chunki, faqat
bag‗rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‗lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan,
YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‗rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul
qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning
16 noyabr sanasi «Bag‗rikenglik kuni» deb e‘lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada
diniy bag‘rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Xususan, unda
shunday deyilgan: ―Bag‘rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham
muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez
rivojlanayotgan, integratsiya va o‘zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va
aholining ko‘chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan
asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik
va nizolarning ko‘payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid
global xarakterga ega bo‘lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib
qolishi mumkin emas‖3.
Dinlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o‘zaro
uzviy bog‘liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va
murakkab hodisa bo‘lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi,
demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy
olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Shu bois bu masalaning
ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhim. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda,
hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini
topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon
Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga
ega. Bu huquq o‘z dini yoki e‘tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki
e‘tiqodiga o‘zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini,
ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga
qatnashish erkinligini o‘z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir
inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy
yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va
boshqa holatlardan qat‘iy nazar mazkur Deklaratsiyada e‘lon qilingan barcha
huquqlar va erkinliklar sohibi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari bu masala
yana bir murakkab hodisa – turli dunyoqarash, etiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan
davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta‘minlanishini ham nazarda
tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e‘tiqod bilan yashaganlar va
yashadiylar. Har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z etiqodi bo‘ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma‘lum ijtimoiy
vaziyatda albatta namoyon bo‘ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy
sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur etish qiyin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e‘tiqod qilishi yoki hyech
qaysi dinga e‘tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi", deb yozib qo‘yilgan. Demak, dinga e‘tiqod qilish
yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.
O‘zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e‘tiqod qiluvchi ko‘p millatli
mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik
va islom diniga e‘tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy
manbalarda ta‘kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar
bo‘lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba
to‘plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma‘nodagi
bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch,
osuda hayot, ilmiy ma‘rifiy yuksalish, taraqqiyot ta‘minlanganligini ko‘rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik
targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-
Moturudiyning ―Tilovat ahli sunna‖ asarida Qur‘oni karim oyatlaridan birini tafsir
etib, ―Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham
musulmon o‘lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli
orasida ixtilof yo‘qdir‖, degan fikrni bildirgan.
XV asr boshlarida Temur saroyida bo‘lgan Kastiliya elchisining guvohlik
berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot
ko‘rsatadi hamda xristian diniga e‘tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini
bajarish uchun alohida mas‘ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do‘stona aloqalarni
mustahkamlashni tayinlaydi.
Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib keladi.
Milliy qadriyatlarning asrlar o‘sha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana
shu tabiati bilan bog`liq. Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik
g`oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi.
Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag`rikenglikka chorlaydi.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan
O‘zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay
sharoitlar yaratilgan bo‘lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va
krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va
yo‘nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil
va qat‘iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo
hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar, qonun oldida
tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi
ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik –
o‘zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat vakillari tomonidan
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch, farovon hayot kechirishidir.
Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma‘naviy
pokligi, o‘z xalqi va milliy merosi boyligi hamda milliy qadriyatlarga bo‘lgan
munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag`rikenglik,
baynalmilallik tuyg`ularini uyg`otadi.
Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan 2224 ta diniy
tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo‘lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar,
6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni
tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati
ham faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda nasroniylikning uch yirik yo‘nalishi pravoslav, katolik va
protestantlik yo‘nalishlariga oid diniy tashkilotlar mavjud. Shuningdek,
nasroniylikda o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan Arman Apostollik cherkovi ham
faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda tom ma‘noda diniy bag`rikenglikning yuksak an‘analariga amal
qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e‘tirof etilmoqda.
Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, ―Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o‘ta
notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan bir paytda
el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo‘lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda
tobora mustahkam bo‘lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va
fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak,
o‘ylaymanki, hech qanday xato bo‘lmaydi‖.
Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va millatlar bashariyatning turli tuman urf
odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida
bo‘lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.
Dinlararo totuvlik millatlararo totuvlikni mavjud bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar
birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi,
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Dunyodagi
barcha davlatlar aholisi milliy tarkibiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi. Birinchisi
monoetnik (aholisi asosan bir millat vakillaridan iborat) va ikkinchisi polietnik
(ko‘pmillatli) davlatlardir.
Hammamizga ma‘lumki, O‘zbekiston aholisi milliy tarkibiga ko‘ra ikkinchi
guruhga, aholisi ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozir O‘zbekistonda 136 ta
millat va elatlarning vakillari yashaydi. Respublikamiz aholisining 80 foizini
o‘zbeklar tashkil qiladi. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘z
qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p millatli mamlakatda turli millatlar
manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta‘minlash taraqqiyotning
hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu
masalaga mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab katta e‘tibor berib
kelinmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonning bu boradagi o‘ziga xos siyosatini
bayon etib, quyidagicha ta‘kidlagan: "Respublika aholisi o‘rtasida ko‘pchilikni
tashkil qiladigan o‘zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‘z milliy
madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot
kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o‘ziga xos madaniy-
ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‘zligini namoyon
etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul
bo‘lishdan ham iboratdir". Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli
muammolar tug‘ilishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi, jamiyat taraqqiyoti uchun imkon
yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 8-moddasida "O‘zbekiston xalqini
millatidan qat‘iy nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deb
aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitusiyasining 4-moddasida esa "O‘zbekiston
Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an‘analari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi", deyilgan.
Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat
qiladi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e‘tiqodga ega bo‘lgan
kishilarning bir zamin, bir Vatanda, g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat
bo‘lib yashashini anglatadi.
Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik,
tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-
shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da‘vat etadi. Azal-azaldan ona yurtimizda
islom, xristian, hinduiylik, buddaviylik kabi din vakillari yonma-yon yashab
kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid, cherkov va sinagogalarning
mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarni
erkin ado etib kelayetgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir
davrlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning
dinlararo bag‘rikenglik masalasida ulkan tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli din vakillarining ma‘naviy
dunyosi, e‘tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng
yo‘l ochildi. Yosh davlatimiz din ma‘naviy-madaniy hayotning uzviy qismi
ekanidan kelib chiqib, unga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi.
Mamlakatimiz rahbari dinga bo‘lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik –
dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul
qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning
maqsadi har bir shaxsning erkinligi va diniy e‘tiqod huquqini, dinga
munosabatidan qat‘iy nazar, fuqarolarning tengligini ta‘minlash, shuningdek, diniy
tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan
iborat5.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli e‘tiqodga mansub tashkilotlar o‘rtasida
o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun barcha sharoitlar
yaratilgan. O‘tgan 20 yil mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi.
Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va
dinlararo totuvlik to‘la ta‘minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga
mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda, Toshkent islom
universitet, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi.
Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e‘tiqodiga zid
bo‘lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an‘anaviy,
ma‘rifiy, mo‘tadil islomni yot g‘oyalar ta‘siridan saqlashdan iborat.
Dinlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ta‘minlanishini belgilaydigan sohalar
juda ko‘p. Ta‘lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega.
Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod
taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir.
Dinlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma‘naviy meros,
milliy qadriyat, urf-odat va an‘analar asosida milliy o‘zligini anglagan, milliy
g‘urur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar,
ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni
ko‘zda tutadi.
2007 yil 11 oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi
qarorgohida tinchlik yo'lida dinlararo va madaniyatlararo o'zaro tushunish hamda
hamkorlikni qo'llab-quvvatlash yuzasidan BMT Bosh assambleyasining yuqori
darajadagi muloqoti doirasida «Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot:
O'zbekiston tajribasi» mavzuiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiyaning ochilishida BMT Bosh assambleyasi 62-sessiyasi raisi vazifasini
bajaruvchi Hamid al-Bayotiy, Bosh kotib o'rinbosari – BMT yetakchisi ofisi
rahbari V.Nambiar va BMTning boshqa yuqori martabali rasmiy vakillari, BMT
huzuridagi a'zo-davlatlar diplomatiya missiyalarining rahbarlari, shuningdek,
AQShning akademik, tahliliy va ijtimoiy-madaniy doiralari vakillari hamda
jurnalistlar ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari e'tibori jamiyatda dinlararo va madaniyatlararo totuvlik,
bag'rikenglik va sabr-toqat, ezgulik va mehribonlik kabi fazilatlarni
mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston olib borayotgan davlat siyosatining asosiy
ustuvor jihatlari va tamoyillari haqidagi ma'lumotlarga qaratildi. Respublika
rahbariyati mamlakat mustaqilligining ilk kunlaridanoq dinlararo va
madaniyatlararo totuvlik masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida
belgilab olgani ta'kidlandi. Ana shunday yondoshuv tufayli O'zbekiston jamiyati
bugun madaniy xilma-xillik va bag'rikenglikning noyob namunasi hisoblanadi.
Tinchlik va totuvlik, fuqarolar hamjihatligi, diniy sabr-toqat, jamiyat hayotida turli
madaniyatlar vakillarining teng huquqli ishtiroki – zamonaviy O'zbekistonning
ajralib turadigan o'ziga xos jihatlaridir. Mustaqillik yillarida shakllangan milliy
siyosat asosida aynan ana shunday tamoyillar mujassam.
Tadbir ishtirokchilari e'tibori O'zbekistonning islom madaniyati va ilm-fani
oldidagi hamda yodgorliklarni saqlash va islom merosini boyitish borasidagi
buyuk xizmatlari uchun 2007 yilda Fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo'yicha
xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining jahon islom
madaniyatining poytaxti, deb e'tirof etilganiga qaratildi. AQSh akademik va
ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari o'z ma'ruzalarida Buyuk Ipak yo'lida joylashgan
O'zbekiston ko'p asrlar davomida Sharq va G'arbni bir-biriga bog'lovchi ko'prik
bo'lib xizmat qilgani xususida atroflicha fikr bildirishdi. O'zbek xalqining Ibn Sino,
Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg'oniy, Bahouddin Naqshbandiy,
Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Abduholiq G'ijduvoniy kabi butun dunyoga
mashhur vakillari nafaqat jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga, balki
sivilizasiyalararo muloqot va jahon xalqlari o'rtasida o'zaro tushunish kayfiyatlarini
mustahkamlashga muhim hissa qo'shganlar.
Amerikadagi Ratgers hamda Fordxam universitetlarining professori, «Global
Scholarly Publications» xalqaro tashkiloti direktori, dinshunos olim va
sharqshunos P.Morvidj o'z ma'ruzasida O'zbekiston hududida turli diniy va
madaniy an'analarning bir-biriga uyg'un ravishdagi tinch-totuv hayotining ko'p
asrlik tarixini aniq misollar asosida ochib berdi. U «Ko'hna O'zbekiston zamini
jahon sivilizasiyasining beshiklaridan biri», deb ta'kidladi. Shuningdek, «Buyuk
Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan bu hududda noyob madaniy-diniy uyg'unlik
yuz bergan. Zamonaviy O'zbekiston hududida bu an'ananing rivojlanishi davom
etmoqda», deya qayd etdi u. Amerikalik olim respublika rahbariyatining
mamlakatda dinlararo va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi
siyosatini yuksak baholadi.
Xulosa shuki, "O‘zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag‘rikenglik -
o‘zbek xalqining buyuk fazilati","O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor", "Diniy
e‘tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g‘oya
xalqimizning, millati, dinidan qat‘i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning 
hayotida mustahkam o‘rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‗zi
bizga turli millat, e‘tiqod va din vakillari o‗rtasida o‗zaro hurmat va hamjihatlik
hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‗lgan O‘zbekiston har millatimizning
kelajagini ta‘minlashga erishish mumkinligini ko‗rsatib turibdi.
O‗zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi,
yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‗oyalarni barcha yurtdoshlarimiz
bilan hamkor va hamjihat bo‗lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo
totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak
fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an‘analarni izchil davom ettirish
va avloddan avlodga yanada mukammal bo‗lib o‗tishini ta‘minlash imkonini
beradi


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin