O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə46/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Glossariy
 Agnostism – inson ob’ektiv borliqni to’liq bilishi mumkin emas, deb
hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
 Antistsientizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy
baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.
 Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq.
 Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo’yuvchi falsafiy
yondashuv.
 Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko’rilgunga
qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo’lgan obraz, g’oya, tushuncha.
 Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
 Atribut – xossa.
 Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va
muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan
moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
 Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi.
 Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni
tushunish san’ati.
 Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga
asoslangan.
 Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit
tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
 Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab
yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
 Gnoseologiya – bilish nazariyasi.
 Deduktsiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo’lib, bunda
ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan
tadrijiy yo’l bilan keltirib chiqariladi.
 Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
 Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning
voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy
nuqtai nazar.
 Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va
sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
 Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
 Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi
tasavvur.
 Ierarxiya – bir narsaning funktsional ahamiyati yoki xizmat
mavqeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va
hokazolarga bo’ysunishi.
 Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.
 Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
 Integratsiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning
shakllanishi.
 Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.
 Imitatsiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
 Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi
bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.
 Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini
rad etuvchi nuqtai nazar.
 Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
 Kommunikatsiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistentsializmda –
muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda
topadi.
 Konstitutsiyalash – yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
 Konsyumerizm – iste’mol qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj.
 Koevolyutsiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.
 Kreatsionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy
ta’limot.
 Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar
mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.
 Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning
o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi
sifatida ishlatiladigan atama.
 Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini
yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
 Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.
 Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson
faoliyatida gavdalanishi.
 Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo’lgan muvaqqat xossasi.
 Monizm – plyuralizmga zid o’laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy
yondashuv.
 Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
 Noumen – mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.
 Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning
oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
 Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
 Okkultizm – maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila
oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
 Oppozitsiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik
ko’rsatish.
 Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
 Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy
tadqiqot yo’nalishini belgilovchi printsiplar majmui.
 Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o’ta g’ayratlilik.
 Permanent – doimiy, uzluksiz.
 Pertseptsiya – idrok etish.
 Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb
e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.
 Reduktsionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki
hodisaga bog’lash.
 Relyativizm – bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va
xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
 Refleksiya – o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan
mulohaza.
 Sakral – muqaddas.
 Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan
ustunroq qo’yuvchi falsafiy yo’nalish.
 Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
 Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso
holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.
 Skeptitsizm – inson bilimining ishonchliligiga shubha bildiruvchi va
barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy kontseptsiya.
 Stereotip – ko’pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va
individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va
soddalashtirilgan obrazi.
 Substantsiya – birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
 Stsientizm – madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini
mutlaqlashtirish.
 Tabu – biron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy
taqiq.
 Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
 Teotsentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy
yondashuv.
 Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
 Texnokratik – texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.
 Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika
taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.
 Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat
tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
 Texnotron jamiyat – kompьyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
 Transtsendental – o’ta umumiy.
 Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo.
 Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
 Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
 Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo’lgan ideal
mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.
 Flora – o’simliklar dunyosi.
 Fluktuatsiya – o’zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.
 Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
 Evolyutsion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyutsiyasining
momenti va uning mahsuli sifatida o’rganuvchi fan.
 Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni
amalga oshiruvchi.
 Egalitarizm – umumiy tenglikni targ’ib qiluvchi g’oyaviy-siyosiy oqim.
 Ekzistentsializm – diqqat markazida hayotning ma’nosi, inson
erkinligi va mas’uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo’nalish.
 Ekologiya – jonli mavjudotlarning o’zini qurshagan muhit bilan o’zaro
munosabatlari haqidagi fan.
 Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan
muvozanatining buzilishi.
 Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi,
bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo’lmaydigan
xususiyat kasb etadi.
 Eksplikatsiya – u yoki bu predmet (yoki madaniyat
ob’ekti)ning mohiyatini aniqlash, uning mazmunini keng
tavsiflash.
 Ekstravertiv – sirtga qaratilgan.
 Empirizm – hissiy idrok etish va tajribani bilishning asosiy
manbai deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
 Empirik – tajribada ko’rilgan.
 Etimologiya – u yoki bu so’z yoki iboraning kelib chiqishi.
 Epistemologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot.
 Etnogenez – xalqlar yoki millatlarning kelib chiqishi.
 O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish – o’zining betakror
mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi
har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin