Qisqacha xulosalar Ushbu mavzu orqali talabalar korxonalarda biznes-jarayonlari to‘g‘risida dastlabki tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Biznes-jarayonlarining asosiy tushunchalari bilan tanishadilar. Korxonalarda biznes-jarayonlarini tasniflashni o‘rganib oladilar. Bundan tashqari biznes-jarayonlari modeli, modellarni tuzish uslubiyati bilan tanishib chiqadilar.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Biznes-jarayonlari deganda nimani tushunasiz?
2. Korxonalarda biznes-jarayonlarini o‘rganish sababi nimada deb hisoblaysiz?
3. Biznes-jarayonlarining asosiy tushunchalarini ta’riflab bering
4. Reinjiniring nima va uning asoschilari kimlar?
5. Korxonalarda biznеs-jarayonlari tizimini ta’riflab bering.
6. Jarayonlarning modеli tarkibini tushuntirib bering.
7. Biznes modelini tuzishdan madsaq nimada?
8. Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish va sifatni boshqarish uslubiyatlarini rivojlanish bosqichlarini tushuntirib bering.
9. Korxonada biznеs-jarayonlarini modеllashtirishning muhim jihatlari nimada?
10. Biznеs-jarayoni modеli ganday savollarga javob bеrishi lozim?
Asosiy adabiyotlar O‘zbеkiston Rеspublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuni. //Xalq so‘zi. 1999 yil 14 aprеl.