219
statori
tekislikka yoyilgan, ikkilamchi elementda esa doimiy magnit
joylashtirilgan. Ba’zida teskari variantlar ham qo‘llaniladi, ya’ni stator siljuvchan
qismda joylashtirilib, rotor magnitlari tekislikka yoyiladi. Stator chulg‘amlarini
qayta ulash magnitlarining nisbiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Bu maqsadda
konstruksiyada holat datchiklari ham nazarda tutiladi (4). (7.4 - rasm).
Holatlanuvchi yuritmalar uchun chiziqli qadamli
motorlar ham samarali
qo‘llaniladi. Agar 7.3 - rasmda ko‘rsatilgan qadamli motor statorini tekislikka
yoysak, va ikkilamchi element sifatida plastina shaklidagi tasmani qabul qilib,
unda freza yordamida tishlar qo‘ysak, unda stator chulg‘amlarini mos ravishda
qayta ulaganimizda ikkilamchi element ilgarilanma
harakatga keladi va uning
qadami juda kichik bo‘lib, millimetrning bo‘laklariga teng bo‘ladi. Bu motorlarda
ko‘proq holatlarda ikkilamchi element qotirilgan teskari konstruksiya ishlatiladi.
Chiziqli qadamli motorning tezligi tishli bo‘linma kattaligi τ, fazalar soni
m
,
va qayta ulanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi:
V = τf / m.
Bu motorlarda katta tezliklarni hosil qilish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Chunki tishlar oralig‘i kattaligi va chastota kattaligini o‘zgartirish texnologik
jixatdan murakkab hisoblanmaydi, chunki τ qiymat uchun minimal ko‘rsatkich
cheklanadi, ya’ni tish bo‘linmasining stator va ikkilamchi element orasidagi
masofa kattaligiga nisbati 10 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Diskret yuritmalarni qo‘llash nafaqat
mexanizm konstruksiyasini
soddalashtirishda, balki bir yuritma bilan ko‘p koordinatali harakatni hosil qilish
imkonini ham beradi. Agar harakatlanuvchi qism statorida ikki xil chulg‘am
tizimini ortogonal ravishda joylashtirsak, ikkilamchi elementda esa ikki o‘zaro
perpendikulyar yo‘nalishli ariqchalar yo‘nalsa, unda xarakatlanuvchi element ikki
koordinata bo‘ylab, ya’ni tekislikda harakatlana oladi. Bu holatda harakatli element
uchun tayanch konstruksiyasi muammo bo‘lib qoladi.
Uni hal qilish uchun havo
yostig‘i qo‘llanilishi mumkin. Chiziqli qadamli motorlar kichik tortuvchi
220
(itaruvchi) kuchga ega bo‘lib, ularning F.I.K. lari ham kichik bo‘ladi. Shuning
uchun ularni asosan yengil xarakatlanuvchi mexanizmlarda qo‘llaniladi.
Bunday chiziqli motorlarni ishlatish murakkab tuzilishga ega bo‘lgan
kinematik uzatmalardan voz kechish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: