237
Uzatish funksiyasi shuni ko‘rsatadiki, go‘yoki tezlik bo‘yicha yopiq rostlash
tizimida T
m
vaqtning elektrmexanik doimiysi (mexanik inersionlik ) (K+1) marta
kamayadi. Bu yopiq tizimda mexanik xarakteristikaning bikirligi (K+1) ortishi
bilan bog‘liqdir.
Bu
muhim xususiyat, ya’ni yuritmaning tez xarakatlanishi, sezilarli
kamchilik bilan– o‘tish jarayoni tebranishliligining ortishi bilan bog‘langan.
Odatda vaqtning elektrmexanik doimiysi (T
M
) 4T
ya
ga nisbatan katta bo‘ladi
va tezlikni vaqt bo‘yicha ochiq rostlash tizimida o‘tish
jarayonlari tebranishlari
kuzatilmaydi. Tezlik bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishning kiritilishi vaqtning
ekvivalent elektrmexanik doimiysini kamaytiradi, bunda teskari bog‘lanish
koeffitsienti k
ω
qancha katta bo‘lsa, T
m.ekv
shuncha kichik bo‘ladi. Shuning uchun
tezlik bo‘yicha
yopiq rostlash tizimlarida T
m.ekv
qiymati 4T
ya
ga nisbatan kichik
bo‘ladi va bu elektr yuritmalardagi o‘tish jarayonlari tebranma xarakterga ega
bo‘ladi. Tebranma xususiyatni kamaytirish maqsadida
rostlash tizimlariga
o‘zgaruvchi (to‘g‘rilovchi) bo‘g‘inlar kiritiladi. O‘tish jarayonlarini kerakli
xarakterlarini shakllantirish usullari 10 – bobda keltirilgan.
Umumlashtirilgan holda, agar jarayonlar chiziqli
differensial tenglamalar
bilan belgilansa, elektr yuritmalar tizimidagi o‘tish jarayonlari taxlilining quyidagi
ketma – ketligini taklif qilish mumkin:
1.
Berilgan o‘tish jarayonini taxlil qilishda
qaysi inersionlik inobatga
olinishi kerakligi aniqlanadi.
2.
Har bir inersionlikni xarakterlovchi vaqt doimiylari aniqlanadi. Agar vaqt
doimiylari bir – biridan 2 va undan ko‘p marta farqlansa, hisob –
kitoblarda uning kichik qiymatini nobatga olmasa ham bo‘ladi.
3.
Inersionliklar soni o‘tish jarayonini belgilovchi differensial tenglamalar
darajasini aniqlaydi.
4.
O‘rganilayotgan o‘tish jarayonini belgilovchi differensial tenglamalar
tarkibi aniqlanadi va bir tarkibli differensial tenglamalar ajiratiladi.
Dostları ilə paylaş: