Ma’ruza: Pedagogik web dizaynning nazariy asoslari
WEB-texnologiyalarning rivojlanishi bilan ularni o’quv jarayonida qo’llash va rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Ayni vaqtda ushbu sohaning asosiy yunalishlaridan biri elektron kitoblar yaratish hisoblanadi. Oxirgi o’n yillikda elektron kitoblar ahamiyati yuqori darajada oshdi va ular nashriy kitoblar bilan birgalikda o’quv vositasi sifatida pedagogika tarkibiga to’liq kiritildi. Lekin shuni aytish joizki, ular nashriy kitoblardan bir nechta hususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Bunga misol sifatida elektron kitoblarga qo’shiladigan animatciya va tovush effektlarini keltirishimiz mumkin. Elektron kitoblar mohiyati oshishi bilan ularni ishlab chiqarish vositalari ham rivojlanib kelmoqda. Elektron kitoblar yaratuvchi dasturiy vositalarga Microsoft FrontPage, Macromedia Flash, Macromedia Dreamweaver, Goldfusion va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Ushbu dasturiy vositalar interaktiv muhitda elektron kitob yaratish uchun kerak bo’lgan asboblarni taqdim etadi va bu imkoniyatdan oddiy foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Yaratilayotgan barcha elektron kitoblar asosida gipermatniy belgilash tili yotadi (Hyper Text Markup Language). Shuni inobatga olib, elektron kitobning qaysi dasturiy vositasida yaratilishidan qat`iy nazar, uni Microsoft Windows operatcion tizimi yordamida o’qib olishimiz mumkin. Elektron kitob ma`lumotlarini o’qish dasturi brauzer deb ataladi (Internet Explorer, Netscape Navigator i t.d.).
Internet global tarmog’i rivojlanishi bilan axborot texnologiyalari sohasida ma`lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, qabul qilish va uzatishning yangi vositalari paydo bo’lmoqda. Ushbu yangiliklarni inobatga olgan holda, elektron kitoblarning yana bir qulayligi, ularni tarmoqda ko’rish va o’qish mumkinligidir.
Web-texnologiyalarning nazariy asoslari
Internet ning asosiy texnologiyalari sharhi
Odatda Internet ning asosiy texnologiyalariga quyidagilar kiradi:
· WWW-, yoki Web (ingl. World Wide Web –Butun jaxon o’rgimchaklar to’ri) – tarmoqda gipermatn bilan ishlash texnologiyasi;
· FTP (ingl. File Transfer Protocol – fayllarni uzatish qaydnomasi) – ixtiyoriy formatdagi fayllarni tarmoqda uzatish texnologiyasi;
· IRC (ingl. Internet Relay Chat – tarmoqda navbatma - navbat so’zlashuv) – real vaqt oralig’ida so’zlashuvlarni olib borish texnologiyasi bo’lib , tarmoq orqali to’g’ridan – to’g’ri muloqot muhitida boshqa insonlar bilan so’zlashish imkoniyatini beradi;
· E-mail, elektron pochta – quyidagi bir nechta xizmat turlarini ko’rsatadi: 1) elektron xatlarni uzatish va qabul qilish. Bu xatlar bir necha soat ichida er sharining ixtiyoriy nuqtasidagi elektron pochta abonentlariga etkaziladi, 2) turli xil firma va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan sharhlar, hisobotlar va boshqa ma`lumotlarni abonentlarga etkazish xizmati;
· telekonferentciyalar – bir-biridan uzoq masofada joylashgan insonlar o’rtasidagi munozara ma`lumotlarini uzatish va qabul qilish texnologiyasi;
· Internet texnologiyalarining asossiy vazifa va imkoniyatlari shundaki, ular axborot manbalarini tanlash imkoniyatining ko’pligidadir;
· Tarmoq serverlaridagi ma`lumotlar banki;
elektron pochtadan uzatilayotgan tezkor ma`lumot;
etakchi kutubxonalar, ilmiy va o’quv markazlari, muzeylar ma`lumotlar omborining rang-barangligi; Internet-magazin tomonidan taqdim etiladigan yumshoq disklar, kompakt – disklar, video va audio kassetalar, kitov va jurnallar haqidagi ma`lumotlar.
Dostları ilə paylaş: |