246
ko‘rsatilgan. Tranzistorning uchta kirishidan xoxlaganiga 0 signali berilishi bilan
VT 1 tranzistorini ochiladi. Bu esa VT 2 hamda VT 4 tranzistorlarning yopilishiga
va VT 3 tranzistorning ochilishiga olib keladi.
Natijada chiqishda 1 signali paydo bo‘ladi. Barcha kirishda 1 signali
bo‘lganda VT 1 tranzistor yopiq bo‘ladi, VT 2 va VT 4 tranzistorlarning
ochilishiga va chiqishda 0 signalining paydo bo‘lishiga olib keladi.
9.3 - rasm. VA-EMAS mantiqiy elementning sxemasi
Mantiqiy elementlarning rivojlanishi ko‘p funksiyali dasturli tuzilmalar
paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Masalan, UPL rusumli dasturlanadigan matiqiy
element.
UPL ning ishlash prinsipi kirish signallarining ketma-ket surilishida ularni
mantiqiy qayta ishlashda va chiqish kanalariga mos ravishdagi buyruqlarni
berishida aks etadi. Kirish soni 256 ta gacha, chiqish soni 16 ta. Dasturlash doimiy
xotira tuzilmasiga buyruq pultdan buyruqlarni kirgizish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: