260
Maxsus mikroprotsessor tizimi esa boshqaruvning aniq bir vazifasini
bajarish uchun mo‘ljallanadi. Keng ko‘lamda qo‘llaniladigan maxsus
mikroprotsessor – bu dasturlanadigan kontroller va mikrokontrollerlardir. Ular
universal mikroprotsessorlar singari tuzilishga ega. Lekin arifmetik amallar hajmi
kamaygani, kirish – chiqish qurilmalari sonining ko‘payishi, ob’yekt bilan aloqa
tuzilmalarining analogli va diskretli turda bo‘lishi bu mikroprotsessorlarni asosan
texnologik jarayonlarni boshqarishga moslashganini ko‘rsatadi. Dasturlanadigan
kontrollerlar odatda dasturlash tillaridan foydalanish bo‘yicha soddaroq
ko‘rinishda bo‘ladilar.
Hozirgi paytda Dekont, MCS – 196/296 rusumli dasturlanadigan
kontrollerlar ishlab chiqariladi va ulardan keng miqyosda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: