9.9 - rasm. Rostlagich chiqish kuchlanishini cheklash sxemasi
256
Chiqish signalini cheklash VD1 va VD2 stabilitron yordamida amalga
oshiriladi. Bu stabilitronlar operatsion kuchaytirgichlarga parallel ulanadi.
Kuchlanish qiymati U
chiq.
stabilitron yorib o‘tish kuchlanishi darajasiga yetganda
boshqa oshmaydi va shu qiymatda qoladi.
9.5 Elektr yuritmalarni mikroprotsessorli boshqarish vositalari.
Mikroprotsessor (MP) – bu bir yoki bir necha katta integral sxemalar asosida
ijro etilgan dasturiy boshqaruvli qurilma bo‘lib, u ikkilik sanoq tizimi shaklida
bo‘lgan raqamli axborotlarni qayta ishlaydi va ishlash jarayonini nazoratlaydi.
Boshqacha qilib aytganda mikroprotsessor raqamli axborotni qabul qilish, qayta
ishlash va uzatish imkonini beruvchi unversal qurilmadir.
Mikroprotsessor tizimi (MPT) – bu bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan va har biri aniq vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan mikroprotsessor,
xotira, kirish – chiqish tuzilmasi va boshqa tuzilmalar majmuasidan iborat bo‘lgan
qurilmadir.
Mikrokontroller (MK) (mikronazoratchi)- mantiqiy taxlil va boshqaruv
funksiyalarini bajaruvchi qurilma. Bu funksiya bitta yoki bir nechta BIS (katta
integral sxema) larda bajarilishi mumkin. MK – bu shunday mikroprotsessorli
qurilmaki, unda arifmetik amallarni bajarish funksiyalarni qisqartirish hisobiga
uning apparat murakkabligini kamaytirib, mantiqiy boshqaruv funksiyasini
oshirish mumkin. Integral sxemalarning mikroprotsessorli to‘plami (IS MT) – bu
konstruksiyasi va texnologik jixatdan bir turli va mikroprotsessorli tizimda (MPT)
ishlatish uchun funksional, strukturaviy informatsion hamda energetik muqobillik
ta’minlangan katta va boshqa integral sxemalar (KIS) dan iborat to‘plamdir. Elektr
yuritmalar va texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladigan
mikroprotsessor tizimi odatda boshqaruvchi hisoblash mashinasi deyiladi (BHM).
Mikroprotsessor boshqaruvli hisoblash mashinasi doirasidagi mikro-protsessor
texnikasi vositalarining o‘zaro bog‘liqligi va tuzilish sxemasi 9.10 - rasmda
kelitirilgan.
|