O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


O‘ZGARMAS TOK MOTORLI ROSTLANUVCHI ELEKTR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   182
5. O‘ZGARMAS TOK MOTORLI ROSTLANUVCHI ELEKTR 
YURITMALAR. 
5.1. Mustaqil qo‘zg‘atishli, o‘zgarmas tok motorlarining elektrmexanik 
xarakteristikalari. 
O‘zgarmas tok motorlari odatiy ravishda rostlanuvchi elektr yuritmaning 
asosi bo‘lib kelgan va texnikaning barcha jabhalarida keng qo‘llaniladi. 
O‘zgarmas tok motorlari mustaqil, ketma – ket va aralash qo‘zg‘atishli 
bo‘lishlari mumkin. Qo‘zg‘atish sxemasiga qarab motorlarning elektrmexanik 
xarakteristikalari juda ham turli ko‘rinishda bo‘ladi. 
Mustaqil qo‘zg‘atishli motorlar qo‘zg‘atishni elektrmagnit manbadan (5.1 a - 
rasm), va doimiy magnitdan (5.1 b - rasm) olishi mumkin. Doimiy magnitdan 
foydalanish quvvati 20 kW gacha bo‘lgan yuqori dinamikali motorlarda ishlatiladi. 
5.1 - rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorini ulash sxemasi 
a) elektrmagnit bilan qo‘zg‘atishli; 
b) doimiy magnit bilan qo‘zg‘atishli. 
Mustaqil qo‘zg‘atishli motorni reverslash (aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish) 
kuchlanish qutublarini almashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu kuchlanish 
motor yakoriga yoki qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi. 


125 
Motor yakori zanjiriga beriladigan kuchlanish o‘rnatilgan rejimda yakor 
zanjiridagi qarshiliklardagi kuchlanish pasayishi va yakordagi E.YU.K. ga qarshi 
muvozanatlashadi. Yakordagi E.YU.K. yakor chulg‘amida, u qo‘zg‘atish 
chulg‘ami hosil qilgan elektromagnit maydonda aylanganda hosil bo‘ladi. (5.1 a - 
rasm). 
U
ya
 =E
ya
 +R
ya
I
ya
.
(5.1) 
R
ya
– yakor zanjiri qarshiligi. Bu qarshilik yakor chulg‘ami qarshiligi R
oya

qo‘shimcha qutblar chulg‘mami qarshiligi R
q.q.
, kompensatsiya chulg‘am qarshiligi 
R
k.ch.
, motor iste’mol manbasi ichki qarshiligi R
n
lardan iborat. 
R
ya
= R
oya.
+ R
q.q
+ R
k.ch.
+ R

Yakor E.YU.K.
E
ya
 = kФω 
(5.2) 
ga teng. 
Bunda Ф – qo‘zg‘atish oqimi. 
k = P
n
·N / 2 πa - motorning konstruktiv doimiysi. 
P
n
– mashina qutb juftlari soni, 
N – yakor chulg‘ami aktiv o‘tkazgichlar soni, 
A – yakor chulg‘ami parallel shoxlar soni. 
motor hosil qiladigan moment yakor toki va qo‘zg‘atish oqimiga 
proporsional
M = k · Ф · I
ya
 
(5.3)
(5.1), (5.2) va (5.3) tenglamalrdan tezlikning yakor tokiga 
ω = f (I
ya

bog‘liqligini 
ko‘rishimiz mumkin. Bu kattalik motorning elektrmexanik xarakteristikasi bo‘lib, 
tezlikning momentga bog‘liqligi 
ω = f (M)
yuritmaning mexanik 
xarakteristikasidir. 
(5.4) 


126 
(5.5) 
Agar dvigatel barcha rejimlarda doimiy qo‘zg‘atish oqimi bilan ishlasa, kФ 
kattalikni o‘zgarmas (doimiy) sifatida qabul qilishi mumkin. 
kФ = С 
(5.6) 
Unda yuqorida keltirilgan tenglamalar quyidagi ko‘rinishga keladi: 
M= CI
ya
.
(5.7) 
E
ya
 = Cω
(5.8) 
(5.9) 
(5.10) 
Qat’iy aytganda, valdagi yuklamani o‘zgartirganda, yakor toki o‘zgaradi, yakor 
reaksiyasi ta’sirida magnitlanish yo‘qolganda motor oqimi o‘zgarmas bo‘lib qola 
olmaydi. Yakor zanjiridagi qo‘zg‘atish oqimiga ta’sirini yo‘qotish uchun yirik 
mashinalarda kompensatsiyalash chulg‘ami ishlatiladi. Bu chulg‘am yakor 
chulg‘amiga ketma – ket ulanadi , mashina qutblarida joylashadi va qo‘zg‘atish 
oqimini kuchaytiradi. Lekin kompensatsiyalanmagan mashinalarda ham 
muhandislik hisoblarida odatda yakor reaksiyasi ta’sirida magnitlanish yo‘qolishini 
inobatga olinmaydi. Buning uchun mexanik xarakteristikaning chiziqliligini 
ta’minlash yopiq rostlash tizimiga yuklanadi. Doimiy magnitdan qo‘zg‘atiluvchi 
motorlarda yakor reaksiyasi deyarli paydo bo‘lmaydi. 
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori tabiiy mexanik xarakteristikasi 5.2 - 
rasmda ko‘rsatilgan. 


127 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin