266
10.1 va 10.2 - rasmlarda rostlanmaydigan reversli
va reverssiz asinxron
yuritma sxemalari keltirilgan.
Ba’zi bir texnologiyalar elektr yuritmani to‘xtatish statik moment ta’sirida
to‘xtatishdan ko‘ra tezroq amalga oshirilishini taqazo etadi. Bunday holatarda
boshqaruv sxemalarida elektrik tormozlash usullaridan dinamik tormozlash,
teskari
ulab (reverslab) tormozlash va elektrmagnitli tormozlar yordamida mexanik
tormozlash kabi to‘xtatishlardan foydalaniladi.
10.1 - rasmda dinamik tormozlanishli
reversslanmaydigan elektr
yuritmaning prinsipial sxemasi keltirilgan.
sxemasi
Sxemaga ta’minot QF o‘chirgichi yordamida uzatiladi, stator chulg‘amiga
beriladigan o‘zgaruvchan tok kuchlanishi esa KM1 kuch kontaktori bilan beriladi,
o‘zgarmas tok kuchlanishi KM2 dinamik tormozlanish kontaktori orqali ulanadi.
O‘zgarmas tok manbai T transformator V to‘g‘irlagichlardan tashkil topadi va ular
tarmoqqa faqat tormozlanish rejimida KM2 kontaktori orqali ulanadi.
«Yurgazish» buyirug‘i SB2 – tugmasini bosish bilan beriladi.
Bu tugma
bosilganda KM1 kontaktori ulanadi va motor tarmoqqa ulanadi. Motorni to‘xtatish
267
uchun SB1 – tugmasi bosiladi va KM1 kontaktor o‘chiriladi hamda motor
tarmoqdan uziladi. Yopiq kontaktli KM1 blok – kontakti bir vaqtning o‘zida KM2
kontaktorni ulaydi va motor statori chulg‘amiga o‘zgarmas tokni ulaydi. Motor
dinamik tormozlanish rejimiga o‘tadi. Stator chulg‘amiga berilayotgan o‘zgarmas
tok davomiyligi (vaqti) KT vaqt relesi yordamida rostlanadi. KT rele chulg‘ami
o‘chirganda uning KM2 chulg‘ami zanjiridagi kontakt vaqt tutilishi bilan uziladi.
Sxemada «nol», maksimal – tokli va issiqliq himoyalari qo‘llanilgan. Ular mos
ravishda KM1 kuch kontaktori QF avtomatik o‘chirgichi, FP1vaFP2
issiqlik
relelari orqali amalga oshiriladi. Boshqarish zanjiri FU1 va FU2 saqlagichlari bilan
himoyalangan. Istalgan bir himoya ishga tushishi bilan KM1 kontaktori o‘chiriladi.
Sxemada ishlatilgan KM1yopiq blok – kontakti yordamida KM2 kontorining
bloklanishi bu ikkala kontaktorlarning bir vaqtda ulanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Agar texnologik shartlar bo‘yicha to‘xtatishni tezlatish talab qilinsa, teskari
ulanish bilan tormozlanishdan foydalaniladi. Bunday usulda tormozlash bilan
ishlaydigan reversli asinxron motorning ish sxemasi 9.3 - rasmda keltirilagn. Elektr
yuritmadan foydalanish shartlariga ko‘ra boshqaruv zanjirlari
TS transformatori
orqali kamaytirilgan standart kuchlanish bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: