272
Motorni to‘xtatish uchun buyuruvchi – kontroller dastagini nol holatga
keltiriladi. Bunda KM2 kontaktori o‘chiriladi va KM1 kontaktori ulanadi.
U esa
stator chulg‘amiga o‘zgarmas tokni ulaydi. Bu bilan motorning dinamik
tormozlanishi boshlanadi. Tormozlanish vaqti KT3
vaqt relesi tomonidan
belgilanib uning chulg‘ami ta’minot kuchlanishini yo‘qotganidan keyin vaqtga
rostlanuvchan kontaktlari tomonidan dinamik tormozlash kontaktori KM1 va
mexanik tormoz kontaktorlarini tarmoqdan uzadi.
Sinxron motorlarni
boshqarishning rele-kontaktorli sxemalari motorni ishga tushirish va tarmoqdan
uzishdan tashqari motorning uyg‘otish zanjirini ham boshqaradi. 10.5
- rasmda
sinxron motorning eng ko‘p qo‘llaniladigan boshqaruv paneli sxemasi keltirilgan.
Sxemada uyg‘otgich sifatida sinxron motor valiga o‘rnatilgan o‘zgarmas tok
generatori qo‘llanilgan.
10.5 - rasm. Sinxron motorning eng ko‘p qo‘llaniladigan PU7502
boshqaruv paneli sxemasi
Sinxron motorni ishga tushirish SA ulagich dastagini “yoq.” holatiga o‘tkazish
bilan amalga oshiriladi. KV2, KV3 relelari o‘zgaruvchan
tok zanjiri kuchlanishi
mavjudligini nazorat qiladi. Agar kuchlanish mavjud bo‘lsa KV1 rele ishga tushib
273
kuch kontaktori KM1ni ishga tushiradi. Sinxron motor asinxron rejimda ishga
tushadi. Uyg‘otgich kuchlanishi ortib boradi va sinxron motor sinxronosti tezligiga
erishishi bilan motor sinxron tezlikka tortiladi. Tarmoq kuchlanishi 15-20% ga
kamayganida KV3 o‘chadi va o‘zining normal yopiq kontakti bilan KM2
kontaktorini ishga tushiradi. KM2 kuch kontaklari bilan jadallashtirish qarshiligi
R
f
ni
shuntlashi natijasida sinxron motorning uyg‘otish toki va kuchlanishi ortadi.
Bu holat tarmoqdagi kuchlanish birdaniga pasayganda
motorning sinxronizmidan
chiqib ketishidan asraydi.
Agar tarmoqdagi kuchlanish uzoq vaqt o‘z holatiga qaytmasa KT vaqt relesi
motorni o‘chiradi.
O‘zgarmas tokli mustaqil uyg‘otishli motorlarni rele –
kontaktorli boshqarish
bugungi kunda ishlatilmaydi. Bu motorlar yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi
to‘g‘irlagichlar yordamida boshqariladi (5.3 va 5.4 - boblar).
Dostları ilə paylaş: