O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

Aktinomitsetlar - (lotincha actis - nur, myces - zamburug`) nurli zamburug`lar  ko`pgina vakillarini o`z ichiga 

oladi. Bular bir hujayrali bo`lib, hujayralari shoxlanib mitseliy hosil qiladi. Shuning uchun ham tashqi ko`rinishidan 

zamburug`lar bilan o`xshash bo`ladi. Mitseliy iplarining, giflarning diametri 0,5-0,8 mkm. 

 

Aktinomitsetlarning  mitseliylari  differentsiallashgandir:    bir  qismi  substratda  joylashgan  bo`lib,  unga  substrat 



mitseliysi deyiladi, boshqa qismi substrat ustida joylashgan bo`lib -  havo mitseliylari deyiladi. Mitseliy shoxlariga 

gifalar  deyiladi.  Bu  organizmlar  har  xil  usulda  ko`payadilar,  xususan,  sporalar  yordamida.  Aytish  kerakki,  har  xil 

vakillarda spora hosil qilish har xil darajada shakllangan. Masalan, Nocardia avlodiga kiruvchi proaktinomitsetlarda 

havo  mitseliysi umuman  yo`q  yoki kuchsiz  rivojlangan. Yosh davrida  ular  mitseliy hosil qiladi,  keyinchalik tezgina 



 

 



tayoqchasimon  fragmentlarga  bo`linadi,  ular  esa  qisqarib  tayoqcha  yoki  kokklarga  aylanadi.  Monosporali 

aktinomitsetlar  vakillaridan  Mikromonospora  da  mitseliy  fragmentlarga  bo`linmaydi,  yakka  sporalar  substrat 

mitseliysida hosil bo`ladi. 

 

Streptomyces  avlodiga  kiruvchi  chin  aktinomitsetlar  polisporali  organizmlardir.  Ular  yuzlab  sporalarni  spora 

bandlarida hosil qiladilar. Sporabandlari to`g`ri, spiralsimon, mutovkasimon bo`ladi. 

 

Aktinomitsetlarda sporalar ikki tipda hosil bo`lishi kuzatiladi: fragmentatsiya va segmentatsiya.  



Birinchi  holda  gifalarda  bir tekis  tarqalgan  nukleoid  atrofida  tsitoplazma  to`plana  boshlaydi,  so`ngra  hosil 

bo`layotgan spora maxsus qobiq bilan o`raladi. Gifaning po`sti ma'lum vaqtgacha saqlanadi va keyinchalik yoriladi va 

spora tashqi muhitga chiqadi. 

 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin