O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

3.4. Gram usulida bo`yash 

 

Mikrobiologiya amaliyotida  bakteriya hujayralarini  Gram bo`yicha differentsial bo`yash usuli keng tarqalgandir. 



 

Bu usulda bo`yash 1884 yili daniyalik olim X. Gram tomonidan kiritilgan va o`sha davrdan boshlab diagnostika 

belgisi  sifatida  ishlatiladi.  Bakteriyalar  grammusbat  (Gram

+

)  grammanfiy  (Gram

-

)  deb  farqlanadi.  Grammusbat 

bakteriyalarni  gensianviolet  bo`yog`i  bilan  bo`yab,  ba'zi  moddalar  bilan  ishlov  berib  (protravlivanie),  so`ngra  96

0

 

etanol bilan ishlov berilsa, binafsha rang saqlanib qoladi. Grammanfiy bakteriyalarda esa, gensianviolet bilan bo`yalsa 



ham,  etanol  ta'sir  etganda  rangsizlanib  qoladi.  Ularni  qo`shimcha  birorta  bo`yoq  masalan,  fuksin  bilan  bo`yash 

mumkin. Shunday qilib, Gram usulida bo`yashning bosqichlarini amalga oshirgandan so`ng, grammusbat bakteriyalar 

binafsha rangga, grammanfiylari esa - qizil rangga bo`yaladi. 

 

Qator  mualliflarning  tadqiqotlari  shuni  ko`rsatadiki,  Gram



+

  va  Gram-  bakteriyalar  faqatgina  bo`yashda 

farqlanmasdan,  balki  ba'zi  antibiotiklarni  (penitsillinga)  ta'siriga,  sulfamid  preparatlarini,  lizotsimni,  proteolitik 

fermentlarni  va  boshqalarni  ta'sirlariga  bo`lgan  sezgirliklariga  qarab  ham  farqlanadi.  Yana  aniqlanishicha, 

Grammusbat bakteriyalar 1% Na0H da erimaydi. Grammanfiy bakteriyalar esa to`la erib ketadi. 

 

Hozirgi vaqtda  ko`pgina  mualliflar Gram  bo`yicha bo`yalgan  bakteriyalarni bu xususiyatlarini hujayra devorini 



molekulyar qurilishi va kimyoviy tuzilishiga bog`lashmoqda. 

 

 



 

 

 



 

Gram usulida  bo`yash sxemasi: 

1.  Saccharomyces serevisiae (Achitqilar) - (Grammusbat); 

2.   Pseudomonas melochlora - (Grammanfiy); 

3.   Tadqiqot qilanadigan kultura - (Gram X) 

 

 



Odatda    Gram  usulida  bo`yaladigan  hujayralar  yosh,  ko`pincha  bir  sutkalik  kulturalar  bo`ladi, 






 

 



chunki bo`yoqni tutib qolish ma'lum darajada bakteriyani fiziologiya holatiga ham bog`liq bo`ladi. 

 

Gram  usulida  bo`yash  quyidagicha  bo`ladi.    Moysizlantirilgan  buyum  oynasida  3  ta  surtma  tayyorlanadi  - 



markazda  tekshiriladigan  kultura,  chapda  va  o`ngda  -  nazorat  kulturalar.  Bitta  kultura  Gram


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin