Tuganak bakteriyalar dukkakli o`simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Bu bakteriyalarning shunday deb
Tuganak bakteriyalar odatda, tuproqda uchraydi. Ular uzunasiga 3 mkm dan oshmaydigan mayda, harakatchan,
bakteriyalar ildiz tukchalari bilan to`qnashadi. O`simlik ildiz tizimining zararlanishi faqat yosh ildiz tukchalari orqali
bo`ladi. Bakteriyalar tukchalarining eng uchidan kiradi va ip shaklida o`sadi, bu ip infeksion ip deb ataladi, so`ngra
bunday ipchalar epidermis hujayralari devoridan ildiz po`stlog`iga o`tadi. Ular shoxlanadi va ildiz to`qimasining
tetraploid hujayralari bo`ylab taqsimlanadi. Rhizobium ta'sirida va o`stiruvchi modda ishtirokida ildiz to`qimasi o`sib
ketadi, natijada tuganaklar hosil bo`ladi. Tuganaklarda bakteriyalar tez ko`payadi, hajmi oshadi va shaklini
20
o`zgartiradi: tayoqchalardan kolbasimon shishgan hujayralarga - bakteroidlarga aylanadi. Turli dukkakli
o`simliklarning tuganaklarining shakli va o`lchamlari turlicha bo`ladi.
Simbiotik azotfiksirlovchi mikroorganizmlar bilan tanishish uchun mosh, no`xat, vika, soya, lupin kabi dukkakli
o`simliklarning ildizini tuganaklari bilan umumiy ko`rinishi chizib olinadi.
1. Tuganak bakteriyalarning preparati Rh.meliloti ni 3-4 sutkali kulturasidan tayyorlanadi. Bular mayda,
harakatchan 0,5 -0,6 x 1,2 - 3 mkm li tayoqchalar spora hosil qilmaydi, grammanfiy.
2. Tuganaklarning bakteroidli to`qimasidan preparat tayyorlash.
Buyum oynachasiga tuganak qo`yiladi va uning ustidan boshqa buyum oyna bilan bosiladi. Ezilgan tuganakka bir
tomchi suv qo`shilib aralashtiriladi, qoplagich oyna bilan yopib mikroskopda ko`riladi. Preparatda bakteroidlar -
harakatsiz, yo`g`onlashgan, rogatkasimon, hamda kolbasimon shishgan, noksimon yoki sferik hujayralar ko`rinishi
kerak.
Adabiyotlar
1. Koleshko O.I. Ekologiya mikroorganizmov pochvi. Laboratorniy praktikum. Minsk.: “Visheyshaya Shkola”, 1981.
C.78-79.
2 Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С. 130-131.
Dostları ilə paylaş: