Chama sonlar. Predmetning shaklini, miqdorini bildirgan sonlar chama sonlardir. Tilimizda chama sonlar quyidagi qo`shimchalar vositasida hosil bo`ladi:
Sanoq sonlarga -tacha qo`shimchasini qo`shish bilan: untacha, beshtacha, yuztacha kabi.
sanoq sonlarga -lab affiksini qo`shish bilan: unlab minglab yuzlab kabi.
Sanoq sonlarga -lar qo`shimchasini qo`shish bilan: soat uchlar bor edi.
Sanoq sonlarga -larcha qo`shimchasini qo`shish bilan: chama -jamlash ma'nosi hosil bo`ladi: yuzlarcha , minglarcha kabi.
Ikki sanoq sonni juftlab ham chama son hosil qilinadi: besh-olti bola, un-unbesh jangari bor edi, kabi. Lekin har qanday juftlik chama ma'nosini beravermaydi: m: men 1962 - 1967 yillarda dorilfununda o`qidim - bunda -dan... gacha aniq son ma'nosi ifodalanadi.
Dona sonlar takrorlanib kelganda chama ma'nosi anglashladi: xayol utmay davraga yana uchta-to`rtta mexmon kushildi. Bo`lardan tashqari bir qator maxsus so`zlar borki, ular vositasida ham chama ma'nosi anglashilib turadi m: xotinning yonida ikki bola -biri un, ikkinchisi un ikki yashar chamasi bor edi.
Dostları ilə paylaş: |