O`ZLIK OLMOSh. O`zlik olmoshi «o`z» predmetni aniqlab, uning ma'nosini kuchaytirib keladi. Bu olmosh gapda asosan aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. O`zlik olmoshi quyidagi belgilar bilan harakterlanadi:
Predmetni o`zlik olmoshi bilan ifodalangan shaxsga karashli ekanligini bildiradi: Juraxon kishlokni o`z ko`zi bilan kurgan
O`zlik olmoshi egalik affiksini olib har uchchala shaxni ko`rsata oladi: o`zim, o`zing, o`zi.
O`zlik olmoshi kelishiliklar bilan turlanish uchun avval egalik qo`shimchalarini oladi: o`zimning o`zimga.
O`zlik olmoshi gapda turli gap bo`laklari vazifasida keladi.
O`zlik olmoshi takrorlanib juft xolda ham qo`llanishi mumkin: bu gaplar o`z-o`zidan bosilib ketadi. (A. K.).
O`zlik olmoshi ham (-yam) yordamchisini olib ma'lum darajada modallik ottenkasiga ega bo`ladi: Asl shaftoli! Arzon o`ziyam. (O.).
SO`ROQ OLMOShLARI. Predmet, belgi, son haqida so`roq bildiruvchi olmoshlari deyiladi: Kim? Nima? Kancha? kabilar. So`roq olmoshlari yordamida so`roq gaplar to`ziladi. So`roq olmoshlaridan kim? Shaxslar uchun, nima? Ne? Umuman predmetlar uchun qo`llaniladi. So`roq olmoshlari birlik va ko`plik formada ishlatiladi. Kim?, - kimlar?, nima?, - nimalar? Har bir so`roq olmoshi o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kim? 1. Faqat shaxs haqida so`roqni bildiradi. Egalik, kelishiliklar bilan turlana oladi: Kimning? Kimda? Kimim? Kimingiz?
Ko`plik affiksini oladi. Bunda shaxslarni ajratib ko`rsatadi, yoki yolgiz shaxsga xurmatni bildiradi: Kimlar keldi? (qanday odamlar ma'nosida) bu kishi kimlar?
Aniqlovchi bo`lib kelmaydi va o`zidan oldin sifatlovchi - aniqlovchi olmaydi.
Kim olmoshiga - sa, qo`shilganda, so`roqlikdan chikadi, otga aylanadi. Kimsa bormikan anga kurganda kulgu kelmadi (A. N.).
Ayrim vaqtda juftlashib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo`llanadi: Kim-kim keldi? Kim-kimlar so`zlar?
Kim olmoshi gapda ko`pincha ega, kesin, to`ldiruvchi bo`lib keladi: Kim keldi? Nima olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so`roqni bildiradi: Sizning nima dardingiz bor? (A. K.)
Nima olmoshi takrorlanib kelishi mumkin: nima-nima olding? Nima olmoshi so`roq so`z - gap bo`lib keladi: Men ertaga ketaman.Nima?
Men ertaga ketaman deyapman.
Dostları ilə paylaş: |