2. Buyruq-istak mayli
Bu mayldagi fe’l kelasi zamonga oid bo‘lib ish-harakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, so‘rash, istash, iltimos, maslahat, undash-chaqirish kabi ma’nolarni anglatadi va III guruh tuslovchi affikslar bilan o‘zgaradi: o‘qiy (o‘qiyin), o‘qigin (o‘qi), o‘qisin; o‘qiylik, o‘qingiz, o‘qisinlar kabi.
Buyruq-istak maylining I shaxsi istak iltimos, undash-chaqirish ma’nolarini (I shaxsda buyurish, iltimos ma’nolari ifodalanmaydi); II-III shaxsi buyruq, iltimos, maslahat o‘rni bilan do‘q kabi ma’nolarni ifodalaydi va ma’nolarning har biri o‘ziga xos ohang bilan ajralib turadi. Masalan: 1. O‘z shaxsiy foydangni izlama, xalqning foydasini izla, xalqqa mashaqqat yukki tushirib, uni qiynama, o‘zing yuk ko‘taruvchi bo‘l (YUsuf Xos Xojib). 2. Naqadar buyuk zamonda yashayotganligimizni unutmaylik (I.Karimov) birinchi misolidagi izlama, izla, qiynama, bo‘l fe’llari II shaxs (nol ko‘rsatkichli shaklda)da kelib maslahat, iltimos kabi ma’nolarni, ikkinchi misoldagi unutmaylik fe’li I shaxs ko‘plikda kelib, shu harakatni bajarishga undash, shu bilan birga istak, xohish kabi ma’nolar bildiriladi.
Dostları ilə paylaş: |