2-savol bayoni.
Olmoshlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Kishilik olmoshlari. 2. O`zlik. 3. Ko`rsatish. 4. So`roq. 5. Belgilash jamlash. 6. Bo`lishsizlik. 7. Gumon.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari shaxsni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Ba'zi kishilik olmoshlari shaxslarni ifodalash bilan birga ko`rsatish ma'nosini ham bildiradi. Shunga ko`ra kishilik olmoshlarini ikkiga bo`lish mumkin:
1. Sof kishilik olmoshlari. 2. Kishilik ko`rsatish olmoshlari. Sof kishilik olmoshlariga I va II olmoshlarining birligi va ko`pligi men, sen, biz, siz olmoshlarini, kishilik ko`rsatish olmoshlariga III shaxs kishilik olmoshining birligi va ko`pligi: u, ular olmoshlarini ko`rsatish mumkin.
Tarixiy jihatdan kishilik olmoshlari I shaxsda b i, II shaxsda s i, III shaxsda u l shakllarda qo`llangan.
Kishilik olmoshlari ikki son: birlik va ko`plikni; uch shaxsni ko`rsatadi. I va II shaxsda birlik va ko`plik ayrim-ayrim so`zlar bilan, uchinchi shaxsning ko`pligi u olmoshiga - lar qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi va u jadvalda quyidagi tartibda joylashadi:
Shaxs
|
Birlik
|
Ko`plik
|
ma'nosi
|
1
|
Men
|
Biz
|
sof kishilik
|
2
|
Sen
|
Siz
|
sof kishilik
|
3
|
U
|
Ular
|
kishilik ko`rsatish
|
Kishilik olmoshlari so`zlash jarayonida uch shaxsdan birini:
I shaxs men - so`zlovchini, II shaxs sen - tinglovchini, III shaxs u - o`zgani anglatadi.
Kishilik olmoshlari ot singari kelishiliklar bilan turlanadi: Men, mening, meni, menda, menga, mendan. Ko`rinyaptiki tushim va qaratqich kelishiliklari bilan turlanganda bir «n» tushib koladi.
III shaxs (u) kelishiliklar bilan turlanganda bir «n» orttiriladi: unga, unda, undan.
Egalik affikslari kishilik olmoshlariga, odattda qo`shilib kelmaydi. Ba'zan III shaxs kishilik olmoshlari ko`rsatish ma'nosida kelganda otlashib egalik affiksni qabul qilishi mumkin: unisi 3 yoshga kirdi. Bunisi kattasidan aklli.
Kishilik olmoshlariga -niki affiksni qo`shish bilan aniq bo`lmagan, mavhum egalikni bildiradi: meniki, seniki, uniki ba'zi kitoblarda - niki bilan yasalgan olmoshlarni «egalik olmoshi» deb yozilgan (karang: hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent 1966. 259.)
I va II shaxs kishilik olmoshlari predikativlik affiksi vazifasida ham keladi: studentsan, o`qimoqdaman, o`qimoqdasan.
Kishilik olmoshlari gapda ega, kesim, aniqlovchi, to`ldiruvchi bo`lib keladi.
Dostları ilə paylaş: |