Olmosh. Olmoshning lek-grammatik xususiyatlari.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Olmosh so`z turkumi, umumlashagan predmet bildiruvchi olmoshlar, umumlashgan belgi bildiruvchi olmoshlar, umumlashgan miqdor bildiruvchi olmoshlar, kishilik olmoshlari, o`zlik olmoshlari, gumon olmoshi, ko`rsatish olmoshi, so`roq olmoshi, belgilash-jonlash olmoshi, bo`lishsizlik olmoshi.
1-savol bayoni:
Olmosh mustaqil ma'noli so`zlar - ot, sifat son, ravish kabi shaxs, predmet, belgi yoki miqdori bildirmay, ular urnida almashinib qo`llanuvchi, ularga ishora qiluvchi, ularning o`rinbosari hisoblanuvchi so`z turkumidir. Olmoshlarning asosiy ma'nosi va qaysi so`z turkumi urnida qo`llanishi kontekstda reallashadi. Chunki olmoshlarning ma'nosi noaniq va umumiy bo`ladi. Ma'no va grammatik xususiyatlariga ko`ra olmoshlar umumlashgan predmet (olmosh-ot), umumlashgan belgi (olmosh-sifat), umumlashgan miqdor (olmosh-son) bildiruvchi olmoshlarga bo`linadi.
Umumlashgan predmet bildiruvchi olmoshlar, predmetlikni ko`rsatadi. Egalik, kelishik affikslari bilan turlanadi. Gapda ot bajargan vazifalarni bajaradi: Men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima.
Umumlashgan belgi bildiruvchi olmoshlar sifat va ravishlar kabi formal o`zgarmasligi, asosan aniqlovchi va xol vazifasida kelishi bilan harakterlanadi. Bu, shu, o`sha, qaysi, allaqanday, hech qanday.
Umumlashgan miqdor bildiruvchi olmoshlarga: kancha, necha shuncha, o`shancha kabilar kiradi.
Olmoshlar quyidagi grammatik xususiyatlari bilan boshqa so`z turkumlaridan farq qiladi.
Ma'no jihatdan olmoshlar abstrakt xarakterga ega bo`ladi. Chogishtiring: tosh, non, to`z, kizil, ok, achchik deganda konkret predmet yoki belgi anglashiladi. Hamma, u, o`sha, shuncha deganda narsa yoki belgi ifodalanmaydi.
Olmoshlar so`z yasalishi yo`q. Olmoshlar boshqa so`z turkumlaridan yasalmaydi. Olmoshlardan boshqa so`z turkumlarining yasalishi ham kuchsiz: manmanlik, sensiramoq, mensiramoq. Kamtarlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli bor. (Maqol)
Olmoshlar otlarga xos so`z o`zgartiruvchilar bilan o`zgaradi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va ular bilan belgili qo`llanadi: Men uni ko`rdim, (Men u ko`rdim emas).
Olmoshlarni gaplarda bajargan vazifasiga ko`ra to`rt gruppaga ajratish mumkin: a) ot xarakteridagi olmoshlar; b) sifat harakteridagi olmoshlar; v) son xarakteridagi olmoshlar; g) ravish xarakteridagi olmoshlar. Biz shonli yo`lni bosib o`tdik.(Gazetadan). Namanganning qaysi qishlog`idan, qanday Urug`lari borligini surishtirdim. (Asqad Muxtor). Nechanchi uyda turasiz? Nega javob bermaysiz? (A. Qodiriy).
Dostları ilə paylaş: |