O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə70/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

1-savolning bayoni:

Harakat ma'nosini ifodalovchi mustaqil so`zlar fe'l so`zlardir. Harakat ma'nosi juda keng bo`lib, tilimizdagi fe'l so`zlar shaxs va predmetlarning harakatini ifodalashdan tashqari, ular shaxs va predmetning turli holatini, ulardagi ruxiy o`zgarishlarni, turli biologik jarayonlarni, xatto belgining o`zgarishini ham harakat tarzida anglatadi.

Shunga ko`ra tilimizdagi fe'l so`zlarni (shartli ravishda) quyidagi semantik guruhlarga ajratish mumkin:

1.Sof harakat fe'llari: yur, yugur, kel, ket, bor, chop kabilar.

2.Holat fe'llari: kiyshay, uxla, o`tir kabi.

3.Nutq fe'llari: ayt, gapir, so`zla, g`udran kabilar.

4.Ruxiy holat va o`zgarishlarni ifodalovchi fe'llar: zavqlan, shodlan, kurk kabilar.

5.Biologik o`zgarishlarni ifodalovchi fe'llar: o`s, gulla, yashna kabilar.

6.Ish fe'llari: chop, kes, arrala, so`y, qirq kabilar.

Fe'l turkumiga oid so`zlarning barchasi uchun xos ma'no zamon bilan bog`liq xolda yuz beradigan hodisani ifodalashdir. Shuning uchun ham barcha fe'l so`zlar umumiy bir so`roqqa – nima qilmoq? so`rog`iga javob bo`ladi. Fe'l turkumi boshqa turkum so`zlariga nisbatan leksik, semantik va grammatik sistemalashish jihatidan nixoyatda murakkab.

O`zbek tilidagi fe'llarni leksik-grammatik xususiyatlariga ko`ra dastlab ikki asosiy guruhga bo`lish maqsadga muvofiq bo`ladi:

Mustaqil fe'llar. Yordamchi fe'llar.

Mustaqil fe'llar quyidagi xususiyatlarga ega:

Mustaqil lug`aviy ma'no anglatib, harakatni ifodalaydi va gapning biror bo`lagi vazifasida keladi: O`qishni a'lo baholar bilan bitirdi.(kesim).

Boshqarish xususiyatiga ega bo`lib, ergash so`z fe'lning talabiga ko`ra biror kelishikda yoki shu kelishik vazifasini bajara oladigan so`zni talab qiladi: Uy topshirigini bajarmok, sayoxatga junamok kabi.

Ob'ektga munosabatda bo`ladi va shunga ko`ra ikkiga: ob'ektli, ob'ektsiz fe'llarga bo`linadi.

Ob'ektli fe'llar ob'ekt tushunchasi bilan (harakat yoki harakat ta'sirini o`ziga olganlik tushunchasi bilan) boglangan bo`ladi va ular tushum kelishigidagi so`zni boshqaradi, chinni ayt, arikni kaz, xatni yoz kabi. Ob'ektsiz fe'llar bunday xususiyatga ega emas: seskan, kul, yugur kabilar bunga misol bo`ladi.

4. Mustaqil fe'llar fe'lga xos grammatik kategoriyalarga, shuningdek, funktsional formalarga ega va shu formalarga xos vazifada qo`llanadi: keldim-aniq nisbat, bo`lishli forma, aniqlik mayli, o`tgan zamon, birinchi shaxs, birlik (demak, mustaqil fe'l, fe'lga xos barcha kategoriyalar va shu kategoriyalar ifodalaydigan ma'nolarni ifodalovchi shakllarga ega); kelgan-sifatdosh, kelgach-ravishdosh, kelish-harakat nomi(fe'lning funktsional formalari).

Yordamchi fe'llar mustaqil leksik ma'noga ega bo`lmaydi va harakatni ifodalamaydi. Ular turli grammatik ma'nolar ifodalash uchun yoki boshqa vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.

Yordamchi fe'llar asosiy xususiyatlariga ko`ra uch turga bo`linadi:

So`z yasashga va boglama vazifasini bajarishga moslashgan yordamchi fe'llar. Masalan: bo`l, qil kabilar: xabar qil, xursand bo`l kabilar.

Ko`makchi fe'llar. Bu fe'llar fe'l so`zlarga birikib, turli qo`shimcha modal yoki grammatik ma'nolarni ifodalovchi yordamchi fe'llardir: chik, kol kabi: o`qib chikdi, uxlab koldi kabi. Bu xil yordamchi fe'llar fe'lning analitik formalarini hosil qiladi.

To`liqsiz fe'l. Bu yordamchi fe'lning edi, ekan, emish kabi va boshqa shakllari fe'l va fe'l bo`lmagan so`zlar bilan birikib, turli ma'nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo`llanuvchi shakllar hisoblanadi. ularning birikishidan ko`pincha fe'lning perifrastik formalari hosil bo`ladi.

Fe'lning tuslanishli va tuslanishsiz shakllari. Fe'l so`zning shaxs-son, zamon va mayl formasida o`zgarishi uning tuslanishi deb karaladi. Fe'l so`zning ana shu tabiatidan kelib chikib, ularni ikki guruhga:

tuslanishli fe'llar.

tuslanishsiz fe'llarga bo`lamiz.Tuslanishli fe'l tuslanish sistemasi doirasida bo`lib, mayl yoki zamon kategoriyasiga mansub forma hisoblanadi.

Ma'lum bir fe'l formasi birorta mayl yoki zamon ma'nosini ifodalasa, u tuslanishli fe'l sanaladi: o`qi, ishlasin(buyruk istak mayli), bormoqchiman(maqsad mayli), so`zlayapti(aniqlik mayli, hozirgi zamon) kabi.

Fe'lning mayl yoki zamon shakllarini hosil kilmaydigan turlari ham mavjud bo`lib, ular tuslanish sistemasida bo`lmaganligi sababli tuslanishsiz fe'l(forma) deb hisoblanadi. Va bo`lar sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi formalari bo`lib, sifatdosh fe'lning sifatga xos vazifasiga moslashgan shakli(o`qigan bola), ravishdosh ravishga xos vazifaga moslashgan shakli(kulib gapirdik), harakat nomi otga xos vazifaga moslashgan shakli(o`qishni sevadi)dir.

Fe'lning kategorial va funktsional formalari. Fe'l so`zlar biror grammatik kategoriyaga xos formalar sistemasini hosil qilish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1. Kategorial formalar; 2. Funktsional(nokategorial) formalar.

Kateorial formalar fe'lning ma'lum bir grammatik kategoriyaga xos grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Masalan: daraja, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyasiga xos formalar kategorial formalardir: ishlayapman, ishlayapsan, ishlayapti; ishlay, ishla, ishlasin; ishlasam, ishlasang, ishlasak kabi.

Harakatning bajaruvchi shaxsga va bu shaxsning son miqdoriga munosabati shaxs-son kategoriyasi deyiladi. Bu ma'nolarni ifodalovchi formalar shaxs-son formalari deyiladi. Haraktning bajaruvchisi, so`zlovchi, tinglovchi yoki o`zga bo`lishi mumkin. Fe'lning shaxs-sonda o`zgarishi tuslanish deyiladi. Shunga ko`ra shaxs-son affikslari tuslovchilar deb yuritiladi. Bajaruvchi shaxs bilan harakat orasidagi munosabat predikativlik munosabati deyiladi. Ega va kesimning munosabati predikativ munosabatdir.

Demak, shaxs ko`rsatish yoki ko`rsatmaslik jihatidan fe'llar ikkiga bo`linadi. Shaxsli fe'llar va shaxssiz fe'llar. Birinchi turdagi fe'llarda ishning bajaruvchisi bilinib turadi. Bo`larda xuddi kishilik olmoshlaridagi kabi shaxs bor: boraman, borasan, boradi. Ikkinchi turdagi fe'llarda harakatni bajaruvchi shaxs bilinmaydi. Harakat o`z bajaruvchisiga ega emas. Bunday fe'llar ham ma'lum shaxs(111 shaxs) formasida bo`ladi, lekin bu forma bajaruvchi shaxs ma'nosiga ega bo`lmaydi. Bunda grammatik shaxs bo`lsa ham, bajaruvchi shaxs yo`q. Masalan: Xorazmga Amudaryo orqali boriladi.

Fe'llarda shaxs uch xil yo`l bilan ifodalanadi: 1. Sintetik yo`l: bordim, bording. 2. Analitik yo`l: u borgan. 3. Analitik sintetik yo`l; men bordim, sen borgansan. Hozirgi o`zbek tilida shaxs-son ko`rsatkichlarining quyidagi ko`rinishlari mavjud: 1. Aniqlik maylining hozirgi zamon formalari va sifatdosh hamda ravishdoshning o`tgan zamon formalaridan keyin qo`shiladigan shaxs-son formalari.

Birlik Ko`plik

1. shaxs – man -miz

2. shaxs – san -siz

3. shaxs – di yoki nol -dilar yoki nol (-lar)

2. Aniqlik maylining -di edi bilan yasalgan o`tgan zamon formalari va shart mayli formasidan so`ng qo`shiladigan shaxs-son formalari:

Birlik Ko`plik

1. shaxs – m -k

2. shaxs – ng -ngiz

3. shaxs – nol - (-lar)

3. Buyruk – istak maylidan so`ng qo`shiladigan shaxs-son ko`rsatkichlari:

Birlik Ko`plik

1. shaxs – ay -aylik

2. shaxs – nol yoki gin -ing, ingiz

3. shaxs – sin - sin(-lar), ishsin

Ikkinchi tuslanish affikslari shaklan egalik affiksilariga o`xshaydi: oldim, olding; bolam, bolang kabi. Lekin bularning biri fe'lga qo`shilib, bajaruvchi shaxsga munosabatini bildirsa, ikkinchisi otga qo`shilib predmetning tegishli, qarashli ekanligini ko`rsatadi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin