O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Maqollar yuzasidan rebus yechish



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

3. Maqollar yuzasidan rebus yechish. 

1) [oltin  rasmi]  [o't  rasmi]da  bil[in  rasmi]  [ari  rasmi]  (rd), [odam  rasmi] 

— [mehnat qilayotgan kishi rasmida. 

2) [ko'z rasmi] (k)i [100] sizning [ko'z rasmi] (ks)i [tuz]siz. 

3) Bol[ari  rasmi]  (rg)  [to'r  rasmi]  (tz)  [l]ni  yi[qor  rasmi](oa),  [bol] 

(oi)imi [bo'r rasmi] (bz) [1000]ni. 

         III. 

Fikrlash  bosqichi.  Maqsad:  o'quvchilarning  mavzu  yuzasidan 

egallagan  bilimlarini  mustahkamlash,  nutqda  rnaqollardan  foydalanish 

ko'nikmasini shakllantirish, xulosa chiqarishga o'rgatish 

       Metod: Aqliy hujum, suhbat metodi. 

1. 


Aqliy hujum. 

—Qaysi mavzulardagi maqollarni o'qidingiz? 

—Maqollar qanday paydo bo'lgan? 

2. 


Maqollardan yod aytish musobaqasi. 

         1-guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting. 

            Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 

        2-guruh. Vatanparvarlik haqidagi maqollardan ayting. 

            Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni. 

        3-guruh. To'g'riso'zlik haqidagi maqollardan ayting. 

            To’g’ri bo’ling – bexavotir bo’lasiz. 

       4-guruh. Do'stlik haqidagi maqollardan yod ayting. 

            Do’st achitib gapirar, dushman – kuldirib. 

3. 


Mustaqil ijodiy ish. 

Har  bir  guruhga  bitta  maqol  beriladi.  Guruh  ishtirokchilari  birgalikda  oxiri 

berilgan  maqol  bilan  xulosalanadigan  hikoya  tuzib  yozishadi.  O'qituvchi 

guruhlarga quyidagi maqollarni bo'lib berishi mumkin: 

1) Hamjihatlik - davlat, Yolg'izlik - kulfat. 



79 

 

2) Ilmi yo'qning ko'zi yumuq. 



3) Odobli — elda aziz. 

4) Hunar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda. 

Hikoyani  ertak  tarzida  yoki  hayotda  uchraydigan  biror  voqea  tarzida  yozish 

bo'yicha  maslahat  va  yordam  beriladi.  Masalan,  „Odobli  —  elda  aziz"  maqoli 

asosida taxminan quyidagicha hikoya tuzish mumkin: 

Odiljon  oyisi,  dadasi  bilan  xolasinikiga  mehmonga  bordi .  Xolasi 

mehmonlarni  pista-bodom,  shirinliklar,  kulcha  nonlar  bilan  siyladi.  Odiljon 

mehmonda  sho'xlik  qilmadi.  Shirinliklarga  hadeb  qo'l  cho'zavermadi.  Kelgan 

boshqa mehmonlar Odiljonni „odobli bola ekan" deyishdi. Odiljon „Odobli  - 

elda aziz" ekanligini bilib oldi. 

Ushbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin. 

    4.  Mavzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish. 

     – Bugungi maqollarni o'rganish darsi sizga yoqdimi? 

 – Maqollar bolalar tarbiyasiga ta'sir qiladi deb o'ylaysizmi? Ular  qanday 

ta'sir o'tkazishi mumkin? 

—Siz bugun o'zingizga qanday xulosa chiqardingiz? 

—O'qigan qaysi maqolimiz sizga ham tegishli? 

5.   Guruhlar to'plagan ballarni e'lon qilish. O'quvchilarni rag' batlantirish. 

    6.  Uyga  vazifa.  Maqollarni  ifodali  o'qish  va  yod  olish.  Darslikdan 

o'qilgan ertaklar mazmuniga mos maqollar topib,  daftarga  yozib kelish 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin