O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix29.12.2021
ölçüsü0,98 Mb.
#48688
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
boshlangich talimda xalq ogzaki ijodi ustida ishlash usullari.

                                        O'qish turlari 

        Boshlang'ich ta'limda o'qishning uch turidan foydalaniladi: 

1.  Ovozli o'qish. 

2.  Ichda o'qish. 

3.  Shivirlab o'qish. (m.79-b) 

  Ovozli o'qish ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta'lim jarayonida keng 

foydalaniladi. 

Ovozli o'qishning yakka, jo'r va rollarga bo'lib o'qish usullari mavjud. Yod 

aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir. 



  Ichda o'qish  ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o'qiladi. 

 Shivirlab o'qish yarim ovoz bilan o'qishdir. Malakali kitobxon o'qishning har 

uch turini bilishi zarur. 

Ovozli  o'qishning  ham,  ovozsiz  ichda  o'qishning  ham,  shivirlab  o'qishning 

ham o'z qo'tlanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf 

o'quvchilari ichda o'qiganda kam so'z o'qiydi, so'zning ma'nolarini tushunmay 

qoladi, o'qiganlarining mazmunini to'liq o'zlashtira olmaydilar. 




22 

 

      Psixologik  izlanishlar  shuni  ko'rsatadiki,  o'qishni  endi  o'rganayotgan 



o'quvchilar o'qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham 

e'tibor  qaratganlar.  Ikkinchidan,  2-sinf  o'quvchilarida  o'qish  ko'nikmalari  yaxshi 

shakllanmagani  uchun  ichda  o'qish  jarayonida  ayrim  so'zlarni  noto'g'ri  o'qish 

natijasida  uning  ma'nosini  tushunmaganlar.  Shularni  nazarda  tutgan  holda,  1-2-

sinflarda  ovozli  va  shivirlab  o'qishdan foydalaniladi. 

3  –  4  –  sinflarda  ovozli  o'qish  bilan  birga  ichda  o'qishdan  ham  foydalaniladi.  Bu 

sinflarda  ichda  o'qish  ancha  samarali  bo'ladi,  lekin  bunda  ichda  o'qish  mexanik 

o'qishga  aylanmasligi  kerak.  Ichda  o'qish  biror  maqsadga  yo'naltirilishi,  ya'ni 

quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o'qitilishi lozim: 

-    She'rni ichingizda o'qib, ifodali o'qishga tayyorlaning. 

-    Ichda  o'qing,  ma'nosi  tushunarsiz  so'zlarni  aniqlab,  lug'at  daftaringizga 

yozing. Lug'atdan foydalanib, ularning ma'nosini izohlashga harakat qiling. 

-    Hikoyani ichingizda o'qib, uni qismlarga bo'ling. 

-    Ichingizda o'qib, ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga tayyorlaning. 

-    Ichingizda o'qing. Tabiatning ko'rinishi tasvirlangan o'rinni toping. 

Bu  kabi  topshiriqlar  sinfdan  sinfga  o'tgan  sari  murakkablashib  boradi.  Bunda 

o'quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin