4-TOPSHIRIQ:
Mingo’rik yodgorligi va o’rganilishi jarayonini yoritib bering.
Mingoʻrik, Mingoʻriktepa — qad. shahar harobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi
oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr
(toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan
iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar
harobasi oʻrnida 19-a.da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz.
shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi
natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S.
Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya
havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson
arxeologik kuzatish ishlari olib borgan. 1qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va
arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan
oʻtkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi davom ettirmoqda.
Bu ishlar natijasida shahriston (15 ga) va ark (0,5 ga) maydonlari, shahar
hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1—4-a.larga mansub boʻlib,
ichki turar joy kompleksini muhofaza qilgan uzun yoʻlakli, qoʻshqator qalʼa
devorlari qoldigʻi topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan
toʻrtburchakli burj va moʻlalar boʻlib, ularning orasi 12 m ga teng boʻlgan. 2-
bosqichda (5—6-a.lar) shahar tez surʼ-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi
natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-
a. oxirida shahar Chochning poytaxti boʻlgan. Arab manbalarida tilga olingan
"Madinat ash-Shosh" shu yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqich
(7—8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi arafasida shahar eng kjsalgan
davr boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari kompleksi, ichki bezaklarda
hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor asbob
uskunalari, idishlar M.ning umumsugʻd madaniyati asosida Sugʻd, Fargʻona va
Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mu-stahkam aloqada rivojlanganligidan
dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida koʻchmanchi qabilalarning
taʼsiri katta boʻlgan.
Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari
ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroyqasr kompleksi — Choch
hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli
xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari
uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan.
Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs sanʼati ayniqsa, yuksak pogʻonaga
chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan
vayron qilinib, harobaga aylantirilgan. 10-a.da M.ning bir qismidagina hayot
tiklangan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga
koʻchirilgan.