A) Totemizm, fetishizm , zardo'shtiylik.
V) Islom, xristianlik, iudaizm.
S) Iudaizm, konfusiylik, daosizm.
D) *Animizm, fetishizm, totemizm, sexrgarlik
20. «Tarixdan oldingi odam» kitobi qachon chiqqan va avtori kim .
A) 1900 y CH.Darvin.
V) 1907 y G.Obsermaer
S) 1908 y K.Tomsen
D) *1905 y I. Fergyuson
3-TOPSHIRIQ. Bu me’moriy obidaga ta’rif bering
.
Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa (Ulugʻbek
madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua.
Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik
qarshisigamaydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvon
saroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida
esa yogʻochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi
qurilgan. 15-asrning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga
aylangan. 17-asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi
Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi
karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan.
Registon ansambli oʻzining rang barang koshinkori bezaklari;
naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining
noyob yodgorligi hisoblanadi. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi
Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek
madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi
(1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib,
sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri
hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga
shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch
madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon
maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo‟lgan. “Registon
” so‟zi “qumloq joy” degan ma‟noni anglatadi. O‟rta asrlarda hamma katta
shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi
maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo‟lgan. Samarqanddagi
maydon esa O‟rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri
edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir
Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi.
Ulug‟bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega
bo‟ldi. Zamonaviy Registon ansambli o‟zida Ulug‟bek madrasasi (1417-1420),
Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660)
mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh
va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko‟chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va
Tillakori madrasasiga qo‟sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so‟ng
xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o‟rni maydon bo‟lib qolgan. 100
yil orasida oxirgi ko‟rinishini olgan bu Registonni ko‟rish ishtiyoqida butun dunyo
sayyohlari tashrif buyurishadi.