Axsikent-1A, Axsikent 1V – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy
maydoni 35 ga, mil.av. III – II asrlarga oid, qalinligi 5 m devor bilan o’rab olingan.
Ershi – shaharning joylashish o’rni mulohazali. N.Ya.Bichurin Ershini Qo’qon
shahri o’rnida, A.N.Bernshtam esa Mingtepa yodgorligida degan fikrni bildiradilar.
Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Ershi – Eski Axsi degan fikrlar paydo bo’ldi.
Mil.av. III–I asrlarda Ershi Axsi o’rnida bo’lgan shahar 40 ga bo’lib, ark ikki
qismdan iborat bo’lgan Esgarlik devor bilan o’rab olingan, qalinligi – 5 m,
balandligi – 3 m.
Quva (Kubo) – hozirgi Quva shahri markazida tepalik mavjud bo’lib, mahalliy
aholi o’rtasida «Shahriston» nomi bilan ma’lum. Yodgorlikni B.A.Latinin,
V.D.Jukov, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, I.Axrorov, Yu.A.Zadneprovskiy,
B.Matbabaevlar arxeologik jihatdan o’rgandilar. Yodgorlikni 1956 yildan
Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh o’rganishni boshlagan.
Yodgorlikning qurilishi milodiy I – III asrlarga oid bo’lib, paxsa devor bilan o’rab
olingan. Tadqiqotchi B.Matbabaev shaharning dastlabki qurilish davrini mil.av. V
asrga oid ekanligi to’g’risida xulosalar chiqargan.
2-TOPSHIRIQ:
Quyidagi mavzu bo’yisha 20 ta test savollari tuzing (to’g’ri javobni D
Dostları ilə paylaş: |