Ijtimoiy-psixologik testlar
Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‗lib, ular
yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul —
testda tekshiriladi. Testlarni qo‗llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir
ob‘ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‗rish mumkin.
Lekin ularni universal deb bo‗lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi
ob‘ektda sinalgan bo‗lsa, shunga o‗xshash ob‘ektlardagina qo‗llash mumkin, qolaversa,
bunda olingan ma‘lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‗ladi. Lekin shunday bo‗lishiga
qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs
xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‗rnini,
undagi muloqot malakalarining bor-yo‗qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini
tekshiruvchi testlar keng qo‗llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni
tuzish, uni ob‘ektlarda sinovdan o‗tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak
bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‗z ''kaliti" bo‗ladi
va bu kalitning egasida maxsus lisenziyalar, ya‘ni kelishuvga ko‗ra ishonchli
shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‗ladi. ''Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim
ishlata olmaydi.
Test - so„rov oldindan qat‘iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi
introversiya - ekstroversiyani o‗lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‗q» tarzida javob berish
so‗raladi.
Dostları ilə paylaş: |