berish kerak, chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa repondentni
cho‗chitib qo‗yishi, hattoki, to‗ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi
ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini
qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‗tish, oxirida yana ―neytralroq"
savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism yoki “pasportichka" respondentning shaxsiy sifatidagi ob‘ektiv
ma‘lumotlarni olishga qaratilgan bo‗lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-
kori va boshqalar so‗raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko‗ra, qo‗l bilan tarqatiladigan, pochta orqali
yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‗ldiriladigan formalarga bo‗linadi.
To‗plangan ma‘lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular
kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
Dostları ilə paylaş: