Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo„lish. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs
taraqqiyotini davrlarga bo‗lib o‗rganishga juda katta e‘tibor qaratilgan. Bir qanda davriy
sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim
o‗zining ―davrlarini‖ taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo‗li va
uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‗zgaradi, bir avloddan ikkindi avlod
taraqqiyotiga o‗tishning o‗zi ham qator o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo‗lishga qaratilgan klassifikatsiyalarning o‗zi ham ikki turli bo‗ladi :
juz‘iy (alohida davrlarni yana qo‗shimda davrlarga bo‗lish - ―davrlar ididagi davrlar‖) va
umumiy (inson umrining barda bosqichlarini o‗z idiga olgan). Masalan, juz‘iy
klassifikatsiyaga
J. Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo‗lishini kiritish mumkin. U
bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan :
sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh). Bunda asosan olti bosqich farqlanadi;
konkret operatsiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi (3 - 11
yoshlar);
formal operatsiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat bevosita ko‗rib
turgan narsasi, balki mavhum tushundalar va so‗zlar vositasida ham fikr yurita oladi.
D.B. Elükoninning yosh davrlari bosqichlari ham shu guruhga kiradi va u ham
bolalikning ud davrini farqlaydi : ilk bolalik, bolalik va o‗smirlik. har bir bosqichning
o‗ziga xos yetakdi faoliyati, o‗zgarishlari va rivojlanish shart - sharoitlari mavjud bo‗ladi
va ularni bilish tarbiyadilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‗ladi. Har bir bosqichda
faoliyat motivlari ham o‗zgaradi, ularning o‗zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari
darajasining o‗zgarishiga mos tarzda ro‗y beradi.
Inson hayotining barda davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikatsiyalardan
biri butun jahon olimlarining qaroriga ko‗ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus
simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyidagi 6 - jadvalda keltirilgan. U
B.G. Ananüev, det ellik olim Birrenlar taklif etgan klassifikatsiyaga yaqin bo‗lib,
umulashtirilgan toifalashdir.
Taraqqiyotni yosh davrlarga bo‗lishda o‗ziga xos klassifikatsiyalar ham bor.
Masalan, E. Erikson shaxs ―Men‖ining rivojlanish bosqichlarini ajratgan va har birida
ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni ajratgan.
1 - bosqich (ishond - ishondsizlik) - bu hayotning 1 - di yili.
2 - bosqich (mustaqillik va qat‘iyatsizlik) - 2 - 3 yoshlar.
3 - bosqich (tadbirkorlik va gunoh xissi) - 4 - 5 yoshlar.
4 - bosqich (daqqonlik va yetishmovdilik) - 6 - 11 yoshlar.
5 - bosqich (shaxs identifikatsiyasi va rollarning dalkashlagi) - 12 - 18 yoshlar.
6 - bosqich (yaqinlik va yolg‗izlik) - yetuklikning boshlanishi.
7 - bosqich (umuminsoniylik va o‗ziga berilish) - yetuklik davri.
8 - bosqich (yaxlitlik va ishondsizlik) - keksalik.
Jadval 6.
Dostları ilə paylaş: |