O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


O„smirlik va o„spirinlik davrlarida shaxs  ijtimoiylashuvi-ning o„ziga xosligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
izhtimoij psixologiya

O„smirlik va o„spirinlik davrlarida shaxs  ijtimoiylashuvi-ning o„ziga xosligi.  

O‗smirlik va o‗spirinlik davrlari maktab va boshqa ta‘lim maskanlarida o‗qish davrlariga 

to‗g‗ri keladi. Bu davrdagi yetakdi faoliyat o„quv faoliyati bo‗lib, unda bola bilim olish 

bilan bog‗liq,  malaka  va  ko‗nikmalarni orttirishdan  tashqari,  shaxs  sifatida  ham  muhim 

o‗zgarishlarga yuz tutadi. 

O„smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. 

Ilk  o‗smirlik  11-13  yoshni,  katta  o‗smirlik  -  14  -  15  yoshlarni  o‗z  idiga  oladi.  Bu 

davrning  eng  muhim  hislati  shundan  iboratki,  u  bolalikdan  o‗spirinlik,  kattalikka, 

yoshlikdan yetuklikka  o‗tish davridir. 

O‗smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu 

davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro‗y beradi. Yurak va 

qon  tomirlar  faoliyatida  ham  notekislik  bo‗lib,  bu  ham  bola  fe‘lining  o‗zgaruvdan, 

dinamik va ba‘zan noma‘qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab 

tizimiga  ham  o‗z  ta‘sirini  ko‗rsatib,  bola  tezga  addiqlanadigan  yoki  tormozlanish  yuz 

berganda  andagacha  depressiya  xolatidan  diqolmaydigan  tushkunlikda  qolishi  ham 

mumkin. 

O‗smir  jismoniy  taraqqiyotini  belgilovdi  asosiy  omil  jinsiy  balog‗at  bo‗lib,  u 

nafaqat  psixik,    balki  idki  organlar  faoliyatini  ham  belgilaydi.  Shu  bilan  bog‗liq  xolda 

ongli (ko‗pinda ongliz) jinsiy mayllar, shu bilan bog‗lik noxush xis - kedinmalar, fikrlar 

paydo  bo‗ladiki,  bola  ularning  asl  sababini  ham  tushunib  yetolmaydi.  Psixik 

taraqqiyotning o‗ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin  bu rivojlanish 

ko‗plab qarama - qarshiliklarni o‗z  idiga oladi. Bu taraqqiyot o‗quv jarayonida kedgani 

uchun  ham  to‗g‗ri  tashkil  etilgan  o‗quv  faoliyati  bola  psixikaning  muozanati  va  uning 

turli  fikr  -  o‗ylardan  dalg‗ishiga  zamin  yaratadi.  Ayniqsa,  diqqat,  xotira,  tafakkur 

jarayonlari  rivojlanadi.  Ayni  shu  davrda  bola  mustaqil  ravishda  fikrlashga  intila  boradi. 

×unki bu davrda u ko‗proq o‗z fikr - o‗ylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning 

sirlarini  bilishga,  nazariy  bilimlarni  ko‗paytirishga  intiladi.  Buning  sababi  -  yana  o‗sha 

kattalikka  o‗tish  bo‗lib,  bolada  o‗ziga  xos  ―kattalik‖  xissi  paydo  bo‗lib,  bu  narsa  uning 

gapirishi  va  fikrlashlarida  ham  ifodalanadi.  Shuning  uchun  ham  maktabda  berilgan 




mustaqillik va to‗g‗ri tashkil etilgan o‗qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda mustaqil 

fikrlashiga  katta  imkoniyatlar  odishi  va  undagi  ijodiy  tafakkurni  rivojlantirishi  mumkin.  

Shunga bog‗liq tarzda o‗smirning  o‗z falsafasi, o‗z siyosati, baxt va muhabbat formulasi 

yaratiladi.  Mantiqan  fikrlashga  o‗rganishi  esa  unga  o‗zida  aqliy  operatsiyalarni  amalga 

oshirish, tushundalar va formulalar dunyosida xarakat qilishga  majbur qiladi. Bu o‗ziga 

xos o‗smirlik egotsentrizmining shakllanishiga - butun olam va uning qonuniyatlari unga 

bo‗ysunishi  kerakday  fikrning  paydo  bo‗lishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  ham  aynan 

o‗smirlik  paytida  bolalar  o‗z  ota  -  onalari  bilan  hadeb  tortishaveradilar.  Aniq  bir 

to‗xtamga  kelolmasa  ham tortishish biror firkni izhor  qilish ehtiyojining o‗zi  unga  juda 

yoqadi. 


Shunday  bo‗lishiga  qaramay,  o‗smirlik  yuqorida  ta‘kidlanganidek,  qarama  - 

qarshiliklarga  boy  davrdir.  Uni  ba‘zi  olimlar  ―krizislar,  tanazzullar‖  davri  ham  deb 

ataydilar.  Sababi  -  bola  ruhiyatida  shunday  inqiroziy  xolatlar  ko‗p  bo‗ladiki,  u  bu 

inqirozni  bir  tomondan  o‗zi  xal  qilgisi  keladi,  ikkindi  tomondan,  uni  xal  qilishga 

imkoniyati,  kudi  va  aqli  yetishmaydi.  Masalan,  ―kattalik  xissiga‖  to‗sqinlik  qiladigan 

omillardan  biri  -  bu  ularning  o‗z  ota  -  onalaridan  moddiy  jihatdan  qaramligi.  Ruhan 

qandalik  o‗zlarini  katta  deb  xis  qilmasin,  o‗smir  maktabga  ketayotib,  onasidan  yoki 

otadan  pul  so‗raydi,  ular  esa  bolaga  bolalarda  munosabatda  bo‗lib,  ozginagina  pul 

beradilar. Ikkindidan, kattalarday bo‗lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‗g‗il bola 

otasining  kiyimini  toshoyna  oldida  kiyib  ko‗rsa,  baribir  yarashmaydi.  Ya‘ni,  tashqi 

ko‗rinishdagi kamdiliklar - xali qaddu - qomadning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari 

va  tanasida  paydo  bo‗ladigan  noxush  toshmalar  uning  ruhan  salbiy  hislarni  boshdan 

kedirishiga  olib  keladi.  Ya‘ni,  bu  yoshni  ―arosat‖  yoshi  ham  deb  atash  mumkin,  dunki 

katta  bo‗lib  katta  emas,  bola  ham  emas.  Shularning  bardasi  o‗smirlik  davridagi  ruhiy 

tug‗yonlarga  sabab  bo‗ladi.  Lekin  shularga  qaramay,  bola  o‗zi  bilib,  bilmay  o‗z  aqliy 

salohiyatini  o‗stirishga  tirishadi,  diroyli  fikrlashga  tashna  bo‗ladi  va  bu  -  uning  psixik 

taraqqiyotidagi eng muhim o‗zgarish hisoblanadi. 

O‗smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‗lgan omillardan biri - 

o‗quv faoliyati motivlaridagi sifat o‗zgarishidir. Kidik maktab  yoshidagi boladan farqli, 

o‗smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‗lish, o‗qituvchining maqtovini eshitish va ―5‖ 

baholarni  ko‗paytirish  uchun  emas,  balki  tengqurlari  orasida  ma‘lum  ijobiy  mavqeni 

egallash,  kelajakda  yaxshi  odam  bo‗lish  uchun  o‗qish  motivlari  ustivor  bo‗lib  boradi. 

Lekin I.V. Dubrovinaning bergan ma‘lumotlariga ko‗ra, o‗quv faoliyati motivlari orasida 

umuman  bilish,  yangi  bilimlarga  ega  bo‗lish  motivi  kudsiz  bo‗lgani  sababli,  ular 

maktabga  borgisi  kelmaydi,  o‗qishga  og‗rinib  kelib,  salbiy  emotsiyalar  va  xavotirlik 

xislarini  boshdan  kediradilar  (o‗rtada  20%  o‗quvchilar).  Bu  kattalarning  o‗smir  bilan 

ishlashini qiyinlashtiradi. 

O‗smirning  shaxs  sifatida  taraqqiyotida  ikki  xil  xolat  kuzatiladi:  bir  tomondan, 

boshqalar,  tengqurlar  bilan  yaqinroq  aloqada  bo‗lishga  intilish,  guruh  normalariga 

bo‗ysunish, ikkindi tomondan,  mustaqillikning oshishi hisobiga bola idki ruhiy olamida 

ayrim qiyindiliklar kuzatiladi. O‗zgalarni anglash bilan o‗z - o‗zini anglash o‗rtasida ham 

qarama  -  qarshiliklar  paydo  bo‗ladi.  Ko‗pinda  o‗smir  o‗z  imkoniyatlarini  yuqori 

baholaydi,  boshqalar  esa  uning  kudi,  irodasi  va  salohiyatiga  ishondsizlik  bilan  qaraydi. 

Lekin  shunday  bo‗lsa-da,  o‗zini  nima  qilib  bo‗lsa  ham  hed  bo‗lmaganda  tengqurlar 

jamiyati  tomonidan  tan  olinishiga  erishishga  intiladi  va  ular  bilan  muloqot  hayotining 

ma‘nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o‗smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari 

jamiyati  tomonidan  inkor  qilinsa,  u  bunga  juda  katta  mudhish  voqeaday  qaraydi, 




maktabga  bormay  qo‗yishi,  xattoki,  suisidal  xarakatlar  (o‗z  joniga  qasd  qilish)ni  ham 

sodir etishi mumkin. 

O‗smirlik davridagi qiyindiliklarning oldini olishning eng ishnodli va foydali yo‗li 

-  bu  uning  biror  narsaga  turg‗un  qiziqishiga  erishish,  faoliyat  motivlarini  mazmunliroq 

qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart - 

sharoitining  yaratilishi,  bekor  qolmasligiga  erishish,  har  bir  xarakatini  rag‗batlantirish, 

unga  bir  ish  qo‗lidan  keladigan  odamday  munosabatda  bo‗lish  katta  pedagogik 

ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‗yish 

- bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o‗z ―Men‖i to‗g‗risidagi tasavvurlari 

ijobiy,  o‗z  -  o‗ziga  bahosi  ob‘ektiv  va  adolatli  bo‗ladi,  o‗zining  nimalarga  qodirligi  va 

kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo‗ladi. 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin