O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
izhtimoij psixologiya

 

 

 ASOSIY QISM: 



 

Shaxs  taraqqiyotidagi  ijtimoiy  va  genotipik  omillar.  Shaxs  individual 

taraqqiyotining  muhim  omillaridan  yana  biri  uning  yoshiga  bog‗liq  bo‗lgan 

xususiyatlaridir.  ×unki  taraqqiyotning  har  bir  yosh  bosqichi  o‗zining  rivojlanish 

omillariga,  qonuniyatlariga,  yangiliklari  va  o‗zgarishlariga  ega  bo‗lib,  ular  shaxsning 

xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta‘sirini o‗tkazadi. 

 

Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat , ham miqdor o‗zgarishlariga ega bo‗lgan 



ko‗rsatgidlari  borki,  amaliy  psixologiya  har  bir  yosh  xususiyatlarini  ana  shu  ikkala 

ko‗rsatgid nuqtai nazaridan o‗rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta‘sir ko‗rsatishda 

ularga  tayanmog‗i  lozim.  Umuman  psixologiyada  isbot  qilingan  faktlardan  biri  shuki, 

turli  davrlardagi  inson  taraqqiyoti  o‗ta  murakkab  jarayon  bo‗lib,  har  bir  davrning  o‗z 

qonuniyatlari  mavjud.  Har  bir  bosqichda  shaxsning  biror  bir  xususiyatlari  o‗zining 

yetuklik fazasiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan bilishning yetuklik fazasi 18 - 

25 yoshlarda (Lazarev ma‘lumotlariga ko‗ra), intellektual, ijodiy yetuklik - 35 yoshlarda 

(Leman ma‘lumotlari), shaxsning yetukligi 50 - 60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga 

erishadi.  Shunga  o‗xshash  xususiyatlar  insonning  butun  umri  mobaynida  muttasil 

kamolga yetib, rivojlanib borishini ta‘minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror 

funksiyalarning  rivojlanishi  boshqa  bir  funksiyalarning  susayishi  hisobiga  ro‗y  beradi. 

Masalan,  bolalikning  ilk  bog‗da  yoshida  fazoga  moslashuv  juda  kudaysa,  keyindalik 

uning o‗rnini vaqtni adekvat idrok qilish kudayadi.  Qariyalarning biror narsalar xususida 

bilimdonligi, ma‘lumotlar dunyosidagi yaxshi orientatsiyasi, psixomotorik funksiyalar va 

bevosita bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro‗y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-

5  yosh  davri  tilni,  uning  lug‗aviy  va  strukturaviy  xususiyatlarini  o‗zlashtirishga  juda 

maqbul bo‗lsa, yetuklik davri bo‗lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o‗zini 

yo‗qotadi (―til qotib qoladi‖).  

Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar (L. Vigotskiy,  

J. Piaje, S. Rubinshteyn, A. Leontüev va ko‗plab boshqa psixologlar) ikkala omil 

rolini  ham  inkor  qilmagan  xolda  ijtimoiy  muhitning  yetakdi  ta‘siri  to‗g‗risidagi  fikrni 

baravar  yoqlaganlar.  ×unki  to‗g‗ri  tashkil  etilgan  ta‘lim-tarbiya,  oila  va  undagi  o‗zaro 

munosabatlarning  xarakteri,  shaxs  muloqotda  bo‗ladigan  ijtimoiy  guruhlar,  u  tanlagan 

kasb va  kasbdoshlari  muhiti, nikoh va  ma‘lumot  masalalarining  qanday  xal qilinganligi 

kabi  qator  ijtimoiy  omillar  shaxsning  rivojlanishi,  uning  o‗z  -  o‗zini  anglashi  va 

o‗zgalarga  munosabati,  bilish  jarayonlari  hamda  intellektual  taraqqiyotida  katta 

ahamiyatga  egaligiga  shubha  yo‗q.  Respublikamiz  Prezidenti  I.  Karimov  boshdiligida 

mutaqilligimizning  dastlabki  yillaridayoq  boshlangan  ―Sog‗lom  avlod  uchun‖  shiorini 




amalga oshirish siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan  yetuk 

bo‗lishlariga qaratilgan. Jismonan sog‗lom tanada sog‗lom ruh bo‗lishi tabiiy. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin