Anketa usuli
Anketa metodi hammaga tanish bo‗lgan usullardan biri. Lekin ko‗pincha
anketani o‗tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan
ma‘lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd
etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‗ra anketa ochiq va yopiq turlarga
bo‗linadi. Ochiq anketa respondentdan o‗z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi,
yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‗lib, tekshiriluvchi
o‗ziga ma‘qul bo‗lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‗lgan javobni beradi. Ochiq
savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‗yilgan vazifaga yetarli
darajada mas‘uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov
berishdagi qiyinchiliklar bo‗lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan
o‗z fikriga ergashtirishga o‗xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha
javob variantlarini topib bo‗lmaslikdir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob
bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar
tuzilmoqdaki, ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‗shimcha fikr bildirish uchun
qo‗shimcha qatorlar qoldiriladi.
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‗linadi:
1. Kirish qismi yoki “respondenga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda
tadqiqot o‗tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning
qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan
ma‘lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlilik), anketani to‗ldirish
yo‗llari va boshqalar yoziladi. Yo‗riqnoma — murojaatning qanchalik yaxshi
yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‗lgan munosabatiga bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: |