O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Kuzatish metodi va unga qo„yilgan shartlar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
izhtimoij psixologiya

Kuzatish metodi va unga qo„yilgan shartlar 

 

Kuzatish  metodi    ijtimoiy  psixologiyada  o‗ziga  xos  ijtimoiy  sharoitlarda,  o‗ziga 

xos vaziyatlarda va ma‘lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani 

kuzataman, qanday yo‗l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni 

qancha  vaqt  mobaynida  davom  etgiraman  degan  qator  savollarga  javob  topgandan 

keyingina  ilmiy  tadqiqotini  boshlaydi.  Demak,    kuzatish  metodi  yordamida  aniq  ishlab 

chiqilgan  reja  asosida  kuzatuvchini  qiziqtirgan  u  yoki  bu  ijtimoiy  xulq-atvor  shakllari 

qayd  etiladi.  Bu  uslub  qo‗llanilganda  tadkiqotchi  bir  qancha  qoidalarga  rioya  qilishi 

lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‗lishi va  uning ilmiy maqsadlarga  mos 

kelishi;  kuzatish  shaklini  tanlash  va  kuzatish  natijalarini  qayd  etish  usullarini  ishlab 

chiqish; ma‘lum reja — sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish; olingan natijalarning 

asosliligi  va  ishonchliligini  boshqa  usullar  yordamida  tekshirib  ko‗rish.  Kuzatish 

kuzatuvchi  tomonidan    kuzatish  ob‘ekti  bo‗lmish  odamlar  guruhi  bilan  birga  yashab,  

ularga qo‗shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma‘lumot to‗plansa, bunday kuzatish turini 

"birgalikdagi  kuzatuv"  deb  ataladi.  Bunday  kuzatishning  klassik  misoliga  amerikalik 

ijtimoiy  psixolog  U.  Uaytning  o‗smirlar  psixologiyasi,  ular  guruhidagi  ijtimoiy 

psixologik  hodisalarni  o‗rganishga  qaratilgan  mashhur  tadqiqotini  kiritish  mumkin. 

Boshqa  xollarda  esa  kuzatuvchi  o‗z  ob‘ektini  chetdan  kuzatadi,  shuning  uchun  ham 

bunday  kuzatuv  turi  "chetdan  kuzatuv"  yoki  "ob‟ektiv  kuzatish"  deb  ataladi.  Bu  usul 

xuddi  umumiy  psixologiyada  bo‗lgani  kabi  tashqi  xulq-atvorni  qayd  qilish  natijasida 

ma‘lumot to‗plashga asoslanadi. Bunday yo‗l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin 

baribir,  u  ham  ijtimoiy  psixologiyada  yordamchi  usul  sifatida  ishlatiladi.  Bizning 

fikrimizcha,  ijtimoiy  psixologik  treninglar  sharoitida  har  bir  shaxsning  xulq-atvorini   

kuzatish  muhim ma‘lumotlar to‗plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga 

xos bo‗lgan eng qimmatli narsa — sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin