O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ijtimoiy-psixologik eksperiment



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
izhtimoij psixologiya

Ijtimoiy-psixologik eksperiment 

Ijtimoiy  psixologik  eksperiment—bu  ijtimoiy  hodisalarni  o‗rganish  maqsadida 

tekshiruvchi  bilan  tekshiriluvchi  o‗rtasidagi  maqsadga  qaratilgan  muloqotdir.  Bunday 

muloqotning bo‗lishi uchun eksperimentator, ya‘ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi 

va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‗playdi. Umumiy psixologiyada bo‗lgani 

kabi,  ijtimoiy  psixologiyada  ham  tabiiy  va  laboratoriya  eksperimenti  turlari  farqlanadi. 

Tabiiy  eksperimentga  misol  qilib,  rus  pedagogi  A.  Makarenkoning  jamoaning 

shakllanishi  va  uni  uyushtirish  borasida  olib  borgan  tadqiqotlarini  olish  mumkin. 

Amerikalik  psixolog  M.  Sherif  esa  guruhlararo  munosabatlarga  taalluqli  fenomenlarni 

tabiiy  sharoitlarda  maxsus  reja  asosida  tekshirib  o‗rgangan.  Uning  asosiy  maqsadi 

vaqtinchalik  tuzilgan  jamoa  —  yozgi  ta‘til  lagerlarida  kooperatsiya  hamda  turli 

ziddiyatlarning paydo bo‗lishidagi psixologik sabablarni o‗rganishdan iborat edi. 

Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, kerakli 

asbob-uskunalar  yordamida  o‗tkaziladi.  Birinchi  marta  laboratoriya  sharoitida  ijtimoiy 

psixologik  tadqiqotni  rus  olimi  Bexterev  o‗tkazgan  edi.  U  maxsus  asboblar  yordamida 

idrokning  aniqligini,  xotiraning  sifatini,  kuzatuvchanlik  xususiyatlarini  yakka  holda  va 

guruh  sharoitida  solishtirib  o‗rgandi  va  guruhning

 

borligi  har  bir  guruh  a‘zosi  psixik 



jarayonlariga bevosita ta‘sir etishini isbot qildi. 

Bundan  tashqari,  maxsus  asbob-uskunalar  yordamida  guruh  a‘zolaridagi 

ishonuvchanlik—konformizm  hodisalarini  ham  eksperimental  tarzda  o‗rganish  mumkin. 

Guruhdagi bunday xodisalarni o‗rganish uchun maxsus  moslamalardan foydalaniladi.  

Modellashtirish    metodi  kuzatish,  so‗roq,  eksperiment  yoki  boshqa  usullar 

yordamida o‗rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‗llaniladi. 

Bunda o‗sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‗sha 

model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‗rganiladi va xulosalar chiqariladi. 

Shunday  qilib, ijtimoiy psixologiya hozirgi kunda juda ko‗p   metodlarga ega, biz 

tanishib  chiqqan  metodlar  ularning  asosiylari,  bir  qismi,  xolos.  Har  bir  xolatda    o‗z

 

tadqiqot  ob‘ektining  xususiyatlari,  tadqiqot  maqsadi  va  mavzuiga  qarab  kerakli  uslubni 



tanlash mumkin. Shuning uchun ham metodlar to‗plami bilan to‗lig‗icha tanishish uchun 

maxsus adabiyotlarni ko‗rib chiqish kerak bo‗ladi. 




 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin