tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko‗rinishga ega bo‗lmagan, noaniq narsalar tavsiya
etiladi va ularni sharxlash topshirig‗i beriladi. Ya‘ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin
qilish mumkin bo‗lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko‗rinishga ega
bo‗lmagan buyumlar, yog‗ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o‗zining
hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog‗lari" testini kiritish mumkin
(1921 y.). Bu dog‗lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‗lardan iborat
bo‗lib, har bir dog‗ har xil buyoqli fonda ko‗rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog‗"
ning nimani eslatayotganligini aytish so‗raladi. Uning fikridan va so‗zlaridan,
assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib) shaxs xususiyatlari haqida xulosa
qilinadi.
Yana bir proektiv usul—bu S. Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalar usulidir.
Bunda hayotda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar
tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar
nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarshi tomondagi shaxs esa hali
javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qiska muddat ichida bo‗sh
kataklarga berilishi mumkin bo‗lgan javobni yozishni so‗raydi. Berilgan javoblarga qarab
shaxsning yo‗nalishn, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining
xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‗xshash muhim faktlar
to‗planadi.
Dostları ilə paylaş: