O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
izhtimoij psixologiya

Shaxs ijtimoiylashuvi 

Har birimizning jamiyatdagi o‗rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo 

bo‗lgani,  jamiyatga  qo‗shilib  yashashimizning  psixologik  mexanizmlari  fanning  muhim 

vazifalaridan  biridir.  Bu  jarayon  psixologiyada  ijtimoiylashuv  yoki  sotsializatsiya  deb 

yuritiladi. 

Demak,  sotsializaqiya  yoki  ijtimoiylashuv  -  inson  tomonidan  ijtimoiy  tajribani 

egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‗zlashtirish jarayonidir. Sodda til 

bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‗shilishi, uning normalari, 

talablari,  kutishlari  va  ta‘sirini  qabul  qilgan  holda,  har  bir  harakati va  muomalasida  uni 

ko‗rsatishi va kerak bo‗lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‗z navbatida o‗zgalarga ta‘sirini 

o‗tkaza olishi jarayonidir. 

Ijtimoiylashuv  eng  avvalo  odamlar  o‗rtasidagi  muloqot  va  hamkorlikda  turli 

faoliyatni 

amalga 


oshirish 

jarayonini 

nazarda 

tutadi. 


Tashqaridan 

shaxsga 


ko‗rsatilayotgan  ta‘sir  oddiy,  mexanik  tarzda  o‗zlashtirilmay,  u  har  bir  shaxsning  ichki 

ruhiyati,  dunyoni  aks  ettirish  xususiyatlari  nuqtai  nazaridan  turlicha  sub‘ektiv  tarzda 

idrok  etiladi.  Shuning  uchun  ham  bir  xil  ijtimoiy  muhit  va  bir  xil  ta‘sirlar  odamlar 

tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o‗quvchidan iborat 

akademik  litsey  o‗quvchilarini  olaylik.  Ularning  bilimni,  ilmni  idrok  qilishlari,  ulardan 

ota  -  onalarining  kutishlari,  o‗qituvchilarning  berayotgan  darslari  va  unda 

yetkazilayotgan ma‘lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir 

ana shu 15 o‗quvchining har biri shu ta‘sirlarni o‗zicha, o‗ziga xos tarzda qabul qiladi va 

bu ularning ishdagi yutuqlari, o‗quv ko‗rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‗sha biz 

yuqorida ta‘kidlagan  ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‗zaro  bog‗liq 

va o‗zaro qarama - qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi. 

Ijtimoiylashuv  jarayonlarining  ro‗y  beradigan  shart  -  sharoitlarini  ijtimoiy 



institutlar  deb  ataymiz.  Bunday  institutlarga  oiladan  boshlab,  mahalla,  rasmiy  davlat 


muassasalari  (boqcha,  maktab,  maxsus  ta‘lim  o‗choqlari,  oliygohlar,  mehnat  jamoalari) 

hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.  

Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‗ziga xosdir. 

Insondagi  dastlabki  ijtimoiy  tajriba  va  ijtimoiy  xulq  elementlari  aynan  oilada,  oilaviy 



munosabatlar  tizimida  shakllanadi.  Shuning  uchun  ham  xalqimizda  «qush  uyasida 

ko‗rganini qiladi» degan  maqol bor. Ya‘ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada 

olinadi  va  bu  qolip  jamiyatdagi  boshqa  guruhlar  ta‘sirida  sayqal  topib,  takomillashib 

boradi.  Bizning  o‗zbekchilik  sharoitimizda  oila  bilan  bir  qatorda  mahalla  ham  muhim 

tarbiyalovchi  -  ijtimoiylashtiruvchi  rol  o‗ynaydi.  Shuning  uchun  bo‗lsa  kerak,  ba‘zan 

odamning  qaysi  mahalladan  ekanligini  surishtirib,  keyin  xulosa  chiqarishadi,  ya‘ni 

mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‗lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‗z aksini 

topadi. Masalan, bitta mahalladan  yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib 

qolishadi.  Ya‘ni,  shu  mahalladagi  ijtimoiy  muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‗lib 

yetishishlariga  ko‗maklashgan.  Masalan,  ayrim  mahallalarda  sahar  turib  ko‗cha  - 

eshiklarni  supurish  odatga  aylangan  va  barcha  oilalar  shu  udumni  buzmaydilar.  Shunga 

o‗xshash  normalar  tizimi  har  bir  ko‗cha-mahallaning  bir-biridan  farqi,  afzallik  va 

kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‗layotgan  yoshlar 

ijtimoiylashuvida bevosita ta‘sirini ko‗rsatadi. 

Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‗choqlariga maktab va boshqa ta‘lim maskanlari 

kiradi.  Aynan  shu  yerda  ijtimoiylashuv  va  tarbiya  jarayonlari  maxsus  tarzda 

uyqunlashtiriladi.  Bizning  ijtimoiy  tasavvurlarimiz  shundayki,  maktabni  biz  ta‘lim 

oladigan,  bola  bilimlar  tizimini  o‗zlashtiradigan  maskan  sifatida  qabul  qilamiz.  Lekin 

aslida  bu  yer  ijtimoiylashuv  tarbiyaviy  vositalarda  yuz  beradigan  maskandir.  Bu  yerda 

biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma‘naviyat darslari», «Etika va 

psixologiya»  kabi  tarbiyalovchi  fanlarni  nazarda  tutmayapmiz.  Gap  har  bir  darsning, 

umuman  maktabdagi  shart-sharoitlar,  umumiy  muhitning  tarbiyalovchi  roli  haqida. 

Masalan, dars paytida o‗qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora 

deylik.  Uning  nazarida  faqat  dars,  mavzuning  mazmuni  va  undan  ko‗zlangan  maqsad 

asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o‗qituvchining o‗zini qanday tutayotganligi, 

kiyim - boshi, mavzuga sub‘ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‗quvchilarga 

munosabati  hamma  narsani  belgilovchi,  ijtimoiy  tajriba  uchun  muhim  ahamiyatga  ega 

bo‗lgan  omildir.  Shu  nuqtai  nazardan  o‗quvchilar  didi,  kutishlari  va  talablariga  javob 

bergan o‗qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‗qituvchining ta‘siri faqat 

salbiy  rezonans  beradi.  Xuddi  shunday  har  bir  sinfda  shakllangan  muhit  ham  katta  rol 

o‗ynaydi.  Ba‘zi  sinflarda  o‗zaro  hamkorlik,  o‗rtoqchilik  munosabatlari  yaxshi  yo‗lga 

qo‗yilgan,  guruhda  ijodiy  munozaralar  va  bahslar  uchun  qulay  sharoit  bor.  Bu  muhit 

tabiiy o‗z a‘zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo‗naltirib turadi. 

Yana  bir  muhim  ijtimoiylashuv  muhiti  -  bu  mehnat  jamoalaridir.  Bu  muhitning 

ahamiyati  va  o‗ziga  xosligi  shundaki,  bu  yerga  shaxs  odatda  ancha  aqli  pishib  qolgan, 

ma‘lum  tajribaga  ega  bo‗lgan,  hayot  haqidagi  tasavvurlari  shakllangan  paytda  keladi. 

qolaversa,  egallangan  mutaxassislik,  orttirilgan  mehnat  malakalari  va  bilimlar  ham  juda 

muhim  bo‗lib,  shu  muhitdagi  ijtimoiy  normalar  harakteriga  ta‘sir  qiladi.  Lekin  baribir 

shaxsning  kimlar  bilan,  qanday  o‗zaro  munosabatlar  muhiti  ta‘sirida  ekanligi  uning 

yetuklik  davridagi  ijtimoiylashuvining  muhim  mezonlaridandir.  Shuning  uchun  ishga 

kirishdagi asosiy  motivlardan biri  - o‗sha jamoaning qanday  ekanligi, bu  yerdagi o‗zaro 

munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‗lib, ko‗p incha oylik - 

maosh  masalasi  ana  shulardan  keyin  o‗rganiladi.  Shuning  uchun  mehnat  jamoalarida 



yaxshi, soqlom ma‘naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir 

inson taqdirida katta rol o‗ynaydi.  

Shaxs sotsializatsiyasi to‗g‗risida gap ketarkan, aytish kerakki, sotsializatsiya sof 

ijtimoiy-psixologik  tushuncha  bo‗lib,  u  —    individning  ijtimoiy  muhitga  qo‗shilishi, 

ijtimoiy ta‘sirlarni o‗ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi 

jarayonidir.  Bu  jarayon  ikki  tomonlama  bo‗lib,  bir  tomondan,  shaxs  aktiv  ravishda 

ijtimoiy ta‘sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‗z xulq-atvorlari, 

munosabatlarida  namoyon  etadi.  Bu  jarayon  normal  individda  tabiiy  tarzda  ro‗y  beradi, 

chunki individda shaxs bo‗lishga ehtiyoj hamda shaxs bo‗lishiga imkoniyat va zaruriyat 

bordir.  Shuning  uchun  ham  bola  tug‗ilib,  ijtimoiy  muhitga  qo‗shilgan  ondan  boshlab, 

undagi  shaxs  bo‗lishga  intilishni,  undagi  shakllanish  jarayonini  kuzatish  mumkin 

(masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi). 

Shaxs  sotsializatsiyasi  yoki  shakllanishining  o‗z  sohasi,  bosqichlari  va 

muassasalari mavjud. 

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 

1)  faaliyat  sohasi,  ya‘ni  umri  mobaynida  shaxs  turli  faoliyatlarga  bevosita  yoki 

bilvosita  jalb  etilgan  bo‗lib,  bu  jarayonda  faoliyatlar  jabxasi,  soxasi  kengayib,  boyib 

boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‗nikmalarni, 

bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo‗lidagi  aktivligi  unda  o‗ziga  xos  ijtimoii-

psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi

2)  muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o‗smirlik  davrlaridagi 

muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni  paydo  qiladiki, 

buning  natijasida  u  faol  hayotiy  mavqega  ega  bo‗ladi,  jamiyatda  o‗z  o‗rnini  tasavvur 

qilishga erishadi. 

3)  o‗z-o‗zini  anglash  sohasi,  ya‘ni  ''Men"  obrazining  yil  sayin  o‗zgarib  borishi  jarayoni 

bo‗lib,  avval  o‗zini  boshqalardan  farqliligini,  o‗zicha  mustaqil  harakat  qilish,  mustaqil 

fikr  yurita  olish  qobiliyatini  anglash,  so‗ngra  esa  o‗z-o‗zini  baholash,  anglash,  nazorat 

qilish-  xususiyatlari  rivojlanadiki,  ular  ham  faol  shaxs  psixologiyasining  tarkibiy 

qismidir. 

Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud. Masalan, birinchi bosqich—

mehnat  faoliyatigacha  bo‗lgan  bosqich  bo‗lib,  unga  bolaning  maktabgacha  yosh  davri 

hamda o‗qish  yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‗ziga  xosligi 

shundaki,  bu davrda  asosan  tashqi  ijtimoiy  muhit, ijtimoiy  ta‘sirlar  faol  ravishda  ongga 

singdiriladi,  mustaqil  hayotga  tayyorgarlik  borasida  muhim  bosqich  o‗tiladi.  Ikkinchi 

bosqich  —  mehnat  faoliyati  davri  —  bu  davr  odamning  yetuklik  yillari  bilan  bog‗liq 

bo‗lib,  avvalgi  davrlarda  singdirgan  ijtimoiy  ta‘sirlarni  bevosita  faol  faoliyatda, 

shaxslararo  munosabatlar  sistemasida  namoyon  etadi.  Kasbga  ega  bo‗lib,  aniq  hayot 

yo‗lini  tanlagan,  turmush  qurib,  kelgusi  avlodni  tarbiyalayotgan  shaxsda  namoyon 

bo‗ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich 

— mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‗lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so‗ng 

qarilik  gashtini  surayotganlar  kiradi.  Bu  davrda  ham  shaxs  ijtimoiylashuvi  davom 

etaveradi, chunki  endi  ilgarigi  davrlarda  orttirilgan tajriba boshqalarga  uzatiladi,  shunga 

ko‗ra shaxs strukturasida ham xususiy o‗zgarishlar ro‗y beradi. 

Bu jarayon ro‗y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‗lsa, 

turli  davrlarda  oila,  bolalar  muassasalari,  maktab,  boshqa  dargohlari,  mehnat 

jamoalarining roli nazarda tutiladi. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin