«FIZIKA O’QITISH MЕTODIKASI» FANIDAN BAHOLASH MEZONI.
1.1.Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, uning topshiriqlarini bajargan talabaga a’lo baho uchun
0,86-1 gacha, yaxshi baho uchun 0,71-0,85 gacha, o‘rta baho uchun 0,55-0,70 balllgacha beriladi.
1.2.Laboratoriya ishi topshiriqlarini bajargan talabaga a’lo baho uchun 1,72-2 gacha, yaxshi baho
uchun 1,42-1,7 gacha, o‘rta baho uchun 1,1-1,4 balllgacha beriladi.
1.3.*Amaliy ishlari bo‘yicha berilgan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi hajmi va sifatiga
qarab 0,25 dan 0,5 ballagacha berilishi mumkin. (topshiriqlar to‘liq va sifatli, ijodiy tarzda bajarilgan-
0,42-0,5 ball, sifatli va meyor talablari darajasida-0,33-0,41 ball, o‘rta darajada-0,25-0,32 ball).
1.4.* Laboratoriya ishlari bo‘yicha berilgan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi hajmi va
sifatiga qarab 1 baldan 2 ballagacha berilishi mumkin. (topshiriqlar to‘liq va sifatli, ijodiy tarzda
bajarilgan-1,72-2 ball, sifatli va meyor talablari darajasida-1,42-1,7 ball, o‘rta darajada-1,1-1,4 ball).
2.1.Oraliq baholash yozma tarzda o‘tkazilib, undan 3 ta savolga javob berishi so‘raladi. Har bir
savol 8 ballgacha baholanadi.
-agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa javoblari to‘liq va aniq hamda ijodiy fikrlari bo‘lsa-6,9-
8 ball.
- savolning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to‘g‘ri bayon etilgan bo‘lsa-5,7-6,8ball.
2.2.Talabaning mustaqil ishi- berilgan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni mustakil urganib, referat
tayyorlanadi:
- referatda mavzu to‘liq ochilgan, to‘g‘ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo‘lsa-6,0-7 ball.
- mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor-5-5,9 ball.
- mavzu mohiyati yoritilgan, ammo arzimas kamchiligi bo‘lsa-3,9-4,9 ball beriladi.
3.1.Yakuniy baholashda talaba 3 ta savolga yozma yoki 30 ta test savoliga javob berishi lozim.
- har bir yozma savolga 5 ball ajratiladi.
- agar savol mohiyati to‘la ochilgan bo‘lib, mavzu bo‘yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari
bayon qilingan bo‘lsa -12,9-15 ball.
- savolning mohiyati to‘la ochilgan, asosiy faktlar to‘g‘ri bayon qilingan bo‘lsa-10,7-12,8 ball.
- savolga to‘g‘ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo‘lsa-8,3-10,6 ball.
- test savolining har biri 0,5 ballik tizimida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |