68
XULOSA
Insoniyatga berilgan ong uni kelajakka yetaklaydi. Shuning bilan inson
rivojlana boradi. Bu rivojlanish yo‘lining juda ko‘p qiyinchiliklari mavjud. Lekin
inson hamisha o‘z xohish-istakiga erishishda hamma to‘siqlarni yengib o‘tishga
qodir. Odamzod yaratgan xar bir narsa o‘z ijobiy va salbiy taraflariga ega.
Shunday qilib insoniyat XX asr o‘rtalarida o‘zining eng buyuk mo‘jizasini yaratdi
va bu yo‘lda birinchi qadam qo‘yganligini sezdi. Bular EHMlar bo‘lib inson
birinchi bor sun‘iy intelektni yaratgan edi. Vaqt o‘tib bu boradagi ishlar juda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi va EHM larni rivojlantirish yo‘lida katta ishlar olib borildi.
Natijada xozirgi zamon kompyuterlari yaratildi.
Bu kompyuterlar asosida yangi texnologiyalar yaratildi. Bugungi kunda xar
bir inson u qayerda bo‘lmasin bu mo‘jiza bilan muloqot qila oladigan bo‘ldi.
Kompyuterlar insonning ko‘pchilik masalalarini hal qilishga katta ko‘mak berib
yirik imkoniyatlar yarata oldi.
Kompyuter va kompyuter tarmoqlari xar bir davlat, jamiyatning iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy jabhalarini rivojlantirish uchun zarur omildir. Tarmoqlar
yaralibdiki ular muloqotning yangi turini taqdim qila oldi. Kompyuter tarmoqlari
davlatlararo munosabatlar, savdo-sotiq, bilim va malaka almashinuvini masofadan
turib amalga oshirish imkonini yaratdi. Shunday ekan biz kompyuter tarmoqlari
haqida chuqur va teran bilimlarga ega bo‘lishimiz zarur. Ulardan foydalana olish,
amalda biror bir jabxaga tadbiq qilish ma'lum ko‘rsatgichni zabd etishga olib
boradigan yo‘lni qisqartiradi.
Yuqorida aytilganidek xar bir ish o‘zining salbiy va ijobiy taraflariga ega.
Kompyuter va kompyuter texnologiyalarining kamchiligi foydalanuvchilarni sifatli
himoya qilsh bo‘lib bu borada etuk bilimlarga ega insonlar bu bilimlarni salbiy
taraflarga ishlatishi mumkin. Masalan xakkerlik ishlarini amalga oshiruvchi
shaxslar. Albatta hamma xakkerlar xam salbiy ishlarni amalga oshirishmasada ular
orasida shundaylari ham borki zararli amallarni oshirish ularning birinchi maqsadi,
69
ular ma'lumotlarni o‘g‘irlash, viruslar yaratish va ularni tarqatish, davlat
axamiyatiga molik axborotlarni ko‘chirish va sotish va shunga o‘xshash ishlarini
amalga oshirishadi.
Bu bilan kompyuterlarning zarari katta deb bo‘lmaydi albatta xar bir narsa
ideal tarzda bo‘la olmaydi. Shuning uchun bu salbiy taraflarga nazarni bermoq
xato ishdir. Kompyuterlar va tarmoqlar insonga hizmat qilish uchun unga yordam
berish uchun yaratilgan.
Ilg‘or texnologiyalarni sanoatga jalb etish va ularni shu yo‘nalishda
rivojlantirish kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Bu sanoatda
iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va mustaxkamlashga katta turtki bo‘lib qolmoqda.
Xozirda rivojlangan davlatlar kompyuter texnologiyalarni imkoniyatlarni to‘g‘ri
qo‘llab o‘z ishlab chiqarishlarini va iqtisodiy yo‘nalishdagi xar bir ishni
mukammal tarzga yetishishiga olib kelishdi. Bu imkoniyatlarga qarab aytishimiz
mumkinki kompyuter va kompyuter tarmoqlari yetarlicha malakali tarzda va
o‘rnida qo‘llanilsa juda katta o‘zgarishlar amalga oshirish mumkin.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011-yilni ―Kichik biznes va hususiy
tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi, yurtimizda amalga oshirilgan iqtisodiy
islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z
navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muhim axamiyatga egadir.
Shuni ta‘kidash lozimki, so‘ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm –fan, texnika
soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.
O‘zbekistonda bu imkoniyatni qo‘llashni kuchaytirsh va rivojlantirish juda
katta axamiyatga ega, chunki bizning ishlab chiqarishda mavjud nuqsonlarni aynan
shu texnologiyalar asosida bartaraf qilish mumkin. Umuman aytganda elektron
to‘lov va boshqa iqtisodiy amallarni elektronlashgan ko‘rinishi juda katta tezlikni
va qulaylikni yaratdi. Bu misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Xullas
kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari kelajakda juda katta o‘zgarishlarni olib
keldi. Bu o‘zgarish kelajakda yanada rivojlanishiga va bu boradagi kamchiliklar,
muammolar o‘z yechimini topadi va keng o‘rin egallaydi degan umuddaman.