51
OUTLOOK EXPRES programmasi bilan tugmachalar yordamida ishlash
Tugmachalar majmui
Bajariladigan amal tavsifi
CTRL+N
Yangi xat yozish mumkin.
CTRL+R
Xatga javob yuborish darchasini chiqaradi.
ALT+S
Xatni jo‘natadi.
CTRL+M
Xatni muallifga eltadi.
CTRL+D
Xatni o‘chiradi.
CTRL+R
Xat nusxasini printerda chiqaradi.
Shift+ Backsrace
Xatni boshqa manzilga jo‘natadi.
CTRL+R tugmachalar majmuasini kiritish uchun CTRL tugmachasini
bosgan xolda, R tugmachasini bosish zarur.
ELEKTRON POCHTA BILAN ISHLASH MAVZUSINI O‘QITISH
METODIKASI
O‘qitishdan maqsad: Elektron pochta (EP) bilan ishlashni, EP ochishda
ro‘yxatdan o‘tish, xat yozish, kelgan xatlarni o‘qish, fayllarni va qabul qilishni
o‘rganish.
Vazifa.
1. O‘zingiz uchun EP adresi yaratishni, ma‘lum EP adresiga xabar yozishni
va jo‘natishni o‘rganing.
2. Kelgan xabarlarni o‘qish va javob yozishni o‘rganing.
3. Xabar bilan birga fayllarni jo‘natish va kelgan xabarlarni o‘chirib
tashlashni o‘rganing.
Nazariy qism.
Internetning qulay sohalaridan biri EPdir. EP kompyuterlardan o‘zaro
ma‘lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog‘iga birlashtirishdir. EP
dan foydalanuvchilar soni kundan - kun oshib bormoqda. EP orqali xat jo‘natish
oddiy pochta orqali jo‘natishdan arzon, ham tez amalga oshiriladi (bir necha
daqiqalarda). Masalan: oddiy pochtada xatni saralanib kerakli joyga yuboriladi.
52
Bunga bir necha kun ketadi. EP xatni kompyuterda jo‘natib bir necha daqiqada
javob ham olish mumkin.
EP-bu xabarlarni uzatuvchi global tarmoq. EP orqali faqat matnlarni emas, balki
rasm, gafika, video, tovushlardan tashkil topgan ma‘lumotlarni jo‘natish va qabul
qilish mumkin.
11-rasm. EP adres parolini kiritish oynasi
Hozirgi kunda EP- ning foydalanishi uchun ko‘plab dastur ishlab chiqilgan.
Jumladan MS Exchange, MS Mail, MS Outlook Express, Internet Mail
dasturlaridir. EP dan standart adresi shaklida jo‘natilishi lozim. M:
rustam1980@rambler.ru
,
nosir_u@yandex.ru
,
Umida @mail.ru
. Bu yerda @
belgisi (eyt deb o‘qishda) chap tarafdagi abonent nomidan chap tarafdagi
domendan ajratib turadi. Katta hajmdagi fayllar o‘zlarini boshlang‘ich xolatlarida
jo‘natilmaydi.
SMTP internet orqali pochta uzatish bayonnomasidir.
http://www.msn.com/
EP dan foydalanishdan oldin foydalanuvchi EP adresi ochayotgan saytdan
ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchidan o‘zi haqida
umumiy ma‘lumotlar, abonent nomi (login, imya), EP adres paroli so‘raladi.
Ma‘lumotlar to‘ldirilgandan keyin ro‘yxatning o‘tish buyrug‘i ko‘rsatiladi.
Abonent nomida lotin xarflari, simvollar, sonlar ishlatilishi mumkin. Agar abonent
nomi serverda oldin yaratilgan bo‘lsa, bunday nomli adresni ko‘rsat degan
ma‘lumot chiqadi. U xolda login o‘zgartirilishi kerak. EP ochilgandan keyin asosiy
to‘rtta papka mavjud.
1. Черновики - yozilgan, lekin jo‘natilmagan xabarlar joylashadi.
2. Входяшие - kelgan xabarlar joylashadi.
3. Отпраленние - jo‘natilgan xabarlar saqlanadi.
53
4. Удаленние -o‘chirilgan xabarlar saqlanadi.
Agar foydalanuvchi xabar jo‘natmoqchi bo‘lsa, menyudan napisat pismo
bo‘yrugi beriladi. Keyin jo‘natish saxifasi paydo bo‘ladi va kerakli xabar teriladi.
1. Кому - xabar jo‘natilayotgan EP adresi ko‘rsatiladi.
2. Копия - xabar yana qaysi EP adreslarga yo‘nalishi kerak bo‘lsa ishlatiladi.
3. Тема- xabar mavzusi yoziladi.
Keyin xabar klaviaturada terilib, Отправить Писмо buyrug‘i beriladi. Agar
fayl jo‘natmoqchi bo‘lsak Обзор tugmasi bosilib kerakli fayl ko‘rsatiladi va
jo‘natiladi. Kelgan xabarni o‘qish uchun Входяшие papkasiga kirib, kelgan
xabarni o‘qish mumkin. Адресная книга da EP adreslari saqlanadi.
Elektron pochta bilan ishlashning sxemasi quyidagilardan iborat:
Foydalanuvchi o‘zi tanlab olgan provayderga murojaat qiladi, undan
ro‘yxatdan o‘tib elektron pochtaning adresini olishi mumkin. Provayder serverida
chiquvchi va kiruvchi xabarlarni yig‘ib oluvchi foydalanuvchining pochta
qutichasi tashkil etiladi. O‘z navbatida foydalanuvchining pochta programmasini
o‘zida to‘rt xil papkasi tashkil qilinadi. Bular:
Входяшие ( kiruvchi );
Исходяшие ( chiquvchi );
Отправление ( Yuborilgan );
Удаленние ( O’chirilgan ).
54
12-rasm.Rambler pochta oynasi
Internet Mailda uchta asosiy operasiyalarni ( harakatni ) ajratishimiz mumkin:
1. Chiquvchi xabarni (xatni ) tayyorlash.
2. Pochtani manziliga yetkazish.
3. Kiruvchi xabarni o‘qish.
“Исходяшие “ papkasida siz yozgan ( lekin xali yuborilmagan ) xatlar to‘planadi.
“Доставит почту” ( Pochtani manzilga yetkazish ) buyrug‘i bilan bu xatlar
pochtali serverga uzatiladi (o‘sha zaxoti Isxodyashie papkasidan o‘chiriladi ),
lekin ularning nusxasi ― Отправление ‖ papkasiga joylashtiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan papkalardagi xabarlarni Удаленние ( O’chirilgan )
papkasiga o‘tkazish mumkin va zaruriyat tug‘ilganda qayta tiklanadi. Xabarlarni
bir papkadan ikkinchi papkaga ko‘chirish mumkin ( Punkt menyu [Собшение ]).
Xabarlar bilan bog‘liq operasiyalarning xammasi Windows standartiga amal
qiladi. Biz faqat Internet Mail ning prinsipial xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Eslatma. Xar xil pochta mijozlarida papkalar soni va ularning nomlari farqlanishi
o‘rniga o‘rnatilishi mumkin. Masalan, Входяшие va исходяшие papkalar o‘rniga
In va Out, Удаление yoki Корзинка va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |