O’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o‘qitish uslubiyati o‘z oldiga o‘quvchilar uchun darsliklar va o‘quv qo'llanmalarini, o'qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo‘ydi.
O’quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni, shu jumladan, ularhing elektron ko‘rinishdagi versiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rin darslik va o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan. Qolgan o‘quv-uslubiy ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog‘langan bo'lib, darslikdagi g‘oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O’quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim komponenti elektron o‘quv-uslubiy materiallardir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘quv jarayoniga elektron darsliklar keng joriy qilinmoqda. Qabul qilingan o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqishni va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni ham nazarda tutadi:
elektron ma’lumotnomalar;
elektron o‘quv qollanmalar;
elektron darsliklar;
elektron ensiklopediyalar va h.k.
Dostları ilə paylaş: |