O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


 Diversiyalashni qo’llash



Yüklə 269,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.04.2022
ölçüsü269,59 Kb.
#54903
1   2   3   4   5
ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlashda inson omili

 

2. Diversiyalashni qo’llash. 

Diversiyalashning  tub  maqsadi  aksionerlar  uchun  qadriyatlar  yaratish 

hisoblanadi.  Yagona  korporativ  tizimga  birlashgan  firmalar  guruhi  ularning  xar  biri 

beradigan  samaradan  ko’prok  samara  bermas  ekan,  diversiyalash  aksiyalarning 

daromadliligini  oshirmaydi.  Agarda  "A"  kompaniya  "B"  kompaniyani  sotib  olish 

bilan  diversiyalanar  ekan  va  ular  oladigan  foyda  ular  birlashishidan  oldin  oladigan 

foyda  summasidan  oshmas  ekan,  bunday  diversiyalash  muvaffaqiyatsizdir.  "A" 

kompaniyaning  omonatchilari  2+2=4  natijani  o’z  mablaglarini  "B"  kompaniya 




aksiyalariga  qo’yib  xam  olishlari  mumkin  edi.  Lekin,  diversiyalash  natijasi  2+2=5 

samarasini  bermas ekan, aksiyaning  daromadliligi  oshmaydi. 

Korporativ  boshqaruvchilar  diversiyalash  bo’yicha  u yoki bu qarorlar aksiya 

daromadliligini  oshirishga  qodir  ekanligini,  quyidagi  uchta  mezondan  foydalanib 

baholashlari  mumkin: 

1. 


Jozibadorlik  mezoni.  Diversiyalash  uchun  tanlangan  tarmoq  qo’yilgan 

mablag’lardan  yaxshi foyda olish nuqta nazaridan  jozibali  bo’lishi kerak. 

2. 

"Kirish  uchun  xarajatlar"  mezoni.  Foyda  olish  saloxiyatiga  zarar 



yetkazmaslik  uchun  tarmoqqa  kirish  xarajatlari  u  darajada  yuqori  bo’lmasligi 

lozim. 


3. 

Qo’shimcha  manfaatlar  mezoni.  Faoliyatda  yangi  raqobat  ustunligini 

barpo etish uchun kompaniya ma'lum  xarakatlarni  amalga  oshirishi  zarur. 

Diversiyalash  bilan  shug’ullanuvchi  korporativ  boshqaruvning  strategik 

tanlovi  diversiyalashning  quyidagi  strategiyalarida  namoyon bo’ladi: 

1. 


Yangi  tarmoqqa kirish  strategiyasi. 

2. 


Turdosh tarmoqlarga diversiyalash  strategiyasi. 

3. 


Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash  strategiyasi. 

4. 


Qisqartirish  va tugatish  strategiyasi. 

5. 


Qayta tarmoqlashtirish,  qayta tiklash  va tejamkorlik  strategiyasi. 

 Birinchi  uchta  strategiya  diversiyalash  usullarini  o’zida  jamlaydi,  to’rtinchi 

va  beshinchisi  esa  diversiyalanib  bo’lingan  kompaniya  pozitsiyalarini 

mustaxkamlash  strategiyasidir. 

Diversiyalashning  ikkita  asosiy  turi  -  bog’liq  va  bog’liq  bo’lmagan  turlari 

mavjud.  Bog’liq  diversiyalash  kompaniya  faoliyatidagi  biznesning  mavjud  sohalari 

(masalan,  ishlab  chiqarish,  marketing,  moddiy  ta'minot  yoki  texnologiya)  bilan 

bog’liq, bo’lgan yangi sohadir. 

Bog’liq  bo’lmagan  diversiyalash  -  faoliyatning,  biznesning  mavjud  sohalari 

bilan  ochiqdan-ochiq, aloqasi bo’lmagan yangi  sohasidir. 

Diversiyalash  quyidagi  yo’llar  bilan  amalga  oshirilishi  mumkin: 

ichki  kapitallar  bozori orqali; 




qayta tarkiblashtirish  orqali; 

funksiyalar  yoki resurslarni  taqsimlash  orqali. 



Ichki  kapitallar  bozori  yordamidagi  diversiyalash  fond  bozori  waysi 

funksiyalarni  bajarsa,  ayni  shu  funksiyalarni  bajaradi.  Ichki  kapitallar  bozorida 

korporatsiya quyidagi  asosiy vazifalarni  bajaradi: 

korporatsiya 



xo’jalikning  o’rta  bo’g’ini  tarkibidagi  strategik 

rejalashtirish  funksiyalarini  bajarish; 

moliyaviy  maqsadlarni  belgilab  olish  va  xo’jalikning  o’rta  bo’g’ini 



faoliyatini  kuzatib  borish; 

korporativ  kapitallarni  raqobatlashuvchi  o’rta  korxonalar  o’rtasida 



joylashtirish. 

Bunday  sharoitlarda  o’rta  korxonalar  asosiy  idoraning  fakat  moliyaviy 

nazorati  ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari  vazifasini  bajaradi. 

Qayta  tarkiblashtirish  strategiyasi  ichki  kapitallar  bozori  strategiyasi 

turlaridan  biridir.  Ular  o’rtasidagi  farq  korporatsiyaning  o’rta  korxonalar 

faoliyatiga  aralashuv  darajasidadir.  Qayta  tarkiblanadigan  korxonalar  odatda 

tashkil  qilish  va  rivojlantirish  jarayonida  yomon  boshqarilgan  bo’ladi.  Maqsad 

ularga  o’z  faoliyatini  faollashtirishda  yordam  berish,  o’rta  korxonalar  darajasida 

yangi  strategiyalarni  rivojlantirish  ,va  kompaniyaga  yangi  moliyaviy  va  texnologik 

resurslarni  kiritishdan  iboratdir. 

Resurslarni  qayta  taqsimlash  yo’li  bilan  amalga  oshiriladigan  diversiyalashni 

mavjud  va  yangi  o’rta  korxonalarning  bir  yoki  bir  necha  muxim  funksiyalari 

o’xshash  bo’lgan  xollarda  amalga  oshirish  mumkin.  Resurslarni  qayta 

taqsimlashdan  maqsad  kompaniya  faoliyatidagi  umumiy  ishlab  chiqarish,  taqsimot 

kanallari,  ilgari  surish  vositalari,  ITTKI  va  shu  kabilardan  foydalanishda 

sinergizmni  amalga  oshirishdir.  Shunday  qilib,  xar  bir  o’rta  korxonalarga  ushbu 

masala  mustaqil  xal qilingandan  ko’ra kamroq xarajatlar  talab qilinadi. 

Kompaniya  -  faoliyatini  diversiyalashda  bunday  kompaniyani  boshqarish 

qiymatini  ham  hisobga  olish  talab  qilinadi.  Ushbu  xarajatlar  o’rta  korxonalar  soni 

va  ular  o’rtasidagi  koordinatsiya  zarurati  bilan  aniqlanadi.  Masalan,  ma'lum  bir 




sinergizm mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi boshqarish 

xarajatlari  sinergizm  bo’lmagan  10  ta  o’rta  korxonadan  iborat  kompaniyadagiga 

qaraganda  ko’proq,  bo’ladi  (1-rasmga  qarang).  Koordinatsiyaga  extiyoji  kuchli 

bo’lgan  kompaniya  o’z  mavqeini  o’rta  korxona  sinergizmi  orqali  kuchaytirishga 

intilmoqda,  deb  faraz  qilaylik.  Koordinatsiyaga  bo’lgan  extiyoji  unchalik  kuchli 

bo’lmagan  kompaniya  esa  ichki  kapital  bozori  yoki  qayta  strukturalash 

strategiyasiga  rioya qiladi. 


Yüklə 269,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin