3. Vertikal integratsiya
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya
texnologik zanjirda o’z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish
bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi.(11-rasm).
2-rasm. Texnologik zanjirning bosqichlari va vertikal integratsiya
yo’nalishlari
Xom-ashyo Dastlabki
Sotish
Butlovchi tayyorlov
Taqsimot
Sotish
buyumlar
Integratsiya to’liq va tor bo’lishi mumkin. To’liq integratsiyada barcha kirish
yoki
chiqishlar
birlashadi.
Tor
integratsiyaga
kompaniyaning
kirish
elementlarining bir qismini sotib olishi va qolganlarini o’z kuchlari bilan ishlab
chiqarishi misol bo’la oladi.
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda o’zining asosiy
dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi.
Bunga quyidagilar sabab bo’ladi:
-
xarajatlardan tejash;
-
integratsiyalanayotgan
ishlab
chiqarishlarda
bozor
qiymatidan
chetlanish;
-
sifat nazoratini yaxshilash;
-
o’z texnologiyasini himoyalash.
Yig’ish
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida
eng muximi quyidagilardir:
-
ortiqcha xarajatlar;
-
texnologiyalar tez almashgandagi yo’qotishlar;
-
talabning mavxum bo’lgandagi yo’qotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta'minot manbalari mavjud bo’lib, o’z
ishlab chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni ko’paytirib
yuborishi mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yo’qligi sababli xam yuz
berishi mumkin bo’lib, bu uning sho'ba korxonalarini (yetkazib beruvchilarni)
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin o’zgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga
bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bo’lganda yuqoriroq
integratsiya darajasi mahsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va
muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bo’lganda vertikal
integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin bo’ladi. Bu boshqaruv qiymatining
o’sishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya to’la
integratsiyaga qaraganda xavfsizroq, bo’lib chiqishi mumkin.
Shuni xam qayd qilib o’tish lozimki, tor integratsiya to’la integratsiyaga
qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma'lum sharoitlarda
kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi (12-rasm).
Ammo,
umuman
olganda,
tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini
kamaytirishi mumkin bo’lsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi.
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida yetkazib beruvchilar yoki
iste'molchilar bilan uzoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday
aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov
investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi. Bu boshqaruv
xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga erishishga imkon
beradi.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Kоnstituttsiyasi. – T.: O’zb. 2008
2. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Farmoni.
O’zbekistan
iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va axamiyatini tubdan oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida. "Xalk, so’zi", 2003 yil 28 yanvar'. №23, (3135).
3. I.A.Karimov Bosh maqsadimi - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va islox, etishdir. T.: O’zbekiston, 2005
4. Yuldashev N.K., Boltaboev M.R., Rixsimboev O.K., Ganiev B.O. Strategik
menejment. O’quv qo’llanma.- T.: TDIU,2003,SL02
5. N.K. Yuldashev , O.S. Kozokov Menedjment . T.: Fan, 2004
6. Qo’chqorov A., Toshmatov H. “Menejment strategiyasi” Iqtisodiyot va
huquq duyosi T., 2003 y.
7. Shаrifхujаеv M., Аbdullаyov YO. “Mеnеjmеnt 100 sаvоl-jаvоb” Tоshkеnt,
O’zbekiston nаshriyoti 1999y.
8. Vаlijоnоv R., Kаbulоv О. «Mеnеjmеnt аsоslаri» Tоshkеnt. Mоliya 1997y.