S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
BEMOR HOLATINI O‘ZGARTIRISH JARAYONIDA QULAY SHAROIT YARATISH Bemor holatini o‘zgartirishdan avval tibbiy xodimga bemor-
ning yordami qay darajada bo‘lishini aniqlanadi. Buning uchun
bemordan quyidagi ma’lumotlar olinadi:
1) muvozanat saqlab, bir qancha vaqt tik tura olishi;
2) eshitish va ko‘rish qobiliyati darajasi;
3) parvarish o‘tkazayotgan xodimni tushuna olishi;
4) o‘tkaziladigan muolaja unga qanday ta’sir ko‘rsatishi.
Bemorni o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirish uchun kerakli
bo‘lgan barcha moslamalarni (yostiqlar, tayanchlar, bolishlar)
tayyorlab olinadi. Krovatni (imkoni bo‘lsa) tibbiy xodim uchun
qulay balandlikka ko‘tariladi. Bemor uchun o‘rinda qanday
vaziyat hosil qilishdan qat’i nazar ko‘rpa va yostiqlarni olib,
o‘rinni gorizontal holatga keltiriladi. So‘ngra bemorga tana
biomexanikasidan to‘g‘ri foydalangan holda quyidagi vaziyatlar-
dan biri beriladi: Fauler vaziyati, Sims vaziyati, bemorni o‘rinda
chalqancha, qorni bilan va yonboshlatib yotqiziladi.