S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
BEMORLARNING OQLIKLARI VA ICHKIYIMLARINI ALMASHTIRISH O‘rin ko‘rpa va ichkiyimlar muntazam gigiyenik vannadan
so‘ng, haftasiga bir marta, ayrim hollarda, zarur bo‘lsa bundan
ham qisqa muddatda almashtiriladi. Bemor o‘rni yetarlicha
qalinlikda bo‘lib, yuza qismi tarang hamda yig‘ilmagan, yostiq-
lar yumshoq, ko‘rpalar yil mavsumiga mos bo‘lishi lozim.
Ularning oqlik va yostiq jildlarida chok, burmalar bo‘lmasligi va
ular har kuni ertalab hamda kechki uyqudan oldin qaytadan
solinishi lozim (non ushoqlari qoqiladi, burmalar tekislanib,
yostiq to‘g‘rilanadi).
Bemorga yurish ruxsat etilgan bo‘lsa, yordamchi yordamida
o‘rin jildlarini o‘zi almashtirishi mumkin. Agar bemorga o‘tirish
mumkin bo‘lsa, uni stulga o‘tkaziladi va tibbiy ijtimoiy xodim
uni o‘rin jildlarini almashtiradi.
Og‘ir yotgan bemorlarning o‘rin-ko‘rpa jildlarini tibbiy- ij-