S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
SOCHLARNI PARVARISH QILISH Bosh yuvilgandan so‘ng bir necha kun o‘tgach, sochlarda
ko‘p miqdorda yog‘, chang va kir yig‘iladi. Shuning uchun
bemorlar 7 – 10 kunda bir marta boshini sovunlab yoki sham-
pun bilan yuvishi zarur. O‘rinda uzoq yotadigan va gigiyenik
tartibga rioya qilmaydigan bemorlar sochini qarab turishi kerak.
Sochi uzun ayollar sochini mayda tishli taroqda har kuni
tarashlari, har bir bemor o‘zining shaxsiy tarog‘idan foydala-
nishi lozim. Kalta sochlarini ildizidan uchiga tomon tarash
kerak. Uzun sochlar esa uzunasiga bo‘lib taraladi va asta-sekin
uchidan ildizi tomon, yulib olmaslikka harakat qilib taraladi.
Uksus eritmasiga botirib olingan mayda tishli taroq qazg‘oq va
kirni ham yaxshi tozalaydi. Boshni toza yuvish uchun har xil
shampunlar va bolalar sovunidan foydalaniladi. Agar bemorning
ahvoli yaxshi bo‘lsa, uning boshi gigiyenik vanna paytida yuvi-
ladi. Turolmaydigan bemorlar boshi yotgan joyida yuvib qo‘yila-
di. Bunda tog‘oracha krovatning bosh tomoniga qo‘yiladi. Be-
mor boshini bo‘yni sathidan orqaga tashlaydi va taglik qo‘yiladi.
Sovun surtish vaqtida sochlar tagidagi terini ishqalash lozim.
So‘ngra sochlar yaxshilab chayiladi, quriguncha artiladi va tarab
qo‘yiladi. Bosh yuvilgandan keyin tibbiy-ijtimoiy xodim bemor
shamollab qolmasligi uchun, uning boshiga sochiq yoki durra-
chani o‘rab qo‘yadi.