O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH 
 
Yuradigan  bemorlar  har  kuni  ertalab  quloqlarini  mustaqil 
yuvadilar,  o‘rinda  uzoq  muddat  yotadigan  bemorlar  qulog‘ini 
tibbiy-ijtimoiy xodim (quloq kiri yig‘ilib qolmasligi uchun) vaqti - 
vaqti bilan tozalaydi, aks holda eshitish qobiliyati pasayib ketishi 
mumkin.  Muolajadan  oldin  bemorga  muolaja  mohiyatini 
tushuntirib  uni  roziligini  oladi.  Quloq  kiri  quyidagicha  chiqa-
riladi, qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi. Bemorga yarim o‘tirgan 
holat beriladi. Salfetkani sovunli eritmada ho‘llab, quloq supralari 
artiladi.  Ustidan  quruq  salfetkada  artiladi.  Doka  trundani  pinset 
yordamida  olib,  bir  necha  tomchi  3%  li  vodorod  peroksid 
eritmasida  ho‘llab,  o‘ng  qo‘lda  ushlab  quloq  suprasini  yuqoriga 
va orqaga tortib tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib olinadi. Trundani 
aylanma  harakatlar  bilan  1  sm  chuqurlikkacha  tashqi  eshituv 
yo‘liga 2 – 3 daqiqaga tiqiladi, so‘ngra yig‘ilib qolgan kir aylan-
ma  harakat  yordamida  chiqariladi.  Kir  ko‘p  yig‘ilib  qolganda 
quloqni katta shprits (sig‘imi 150 ml gacha bo‘lgan Jane shprits) 
yoki rezina nokcha bilan shprinsovka qilinadi. Yorug‘lik manbayi 
quloqni  yaxshi  yoritib  turishi  uchun  bemorni  ro‘paraga  boshini 
yon  tomonga  qiyshaytirib  o‘tkazib  qo‘yadi.  Bemorning  qo‘liga 
lotok  berilib  va  uni  bo‘yniga,  quloq  suprasi  ostiga  bosib  turadi. 
Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘li bilan quloq suprasini orqaga va 
yuqoriga  tortib  turadi,  eritma  oqimida  uning  yuqori  orqa  devor 
bo‘ylab bosim bilan yo‘naltiriladi.  
Agar bemor burun yo‘llarini o‘zi tozalay olmasa, tibbiy-ijti-
moiy xodim tozalab qo‘yishi lozim, buning uchun - tibbiy-ijti-
moiy xodim qo‘llarini tozalab yuvadi. Bemorning boshini orqa-
ga  egib,  burun  yo‘llariga  vazelin  moyi,  glitserin  yoki  istalgan 
moyli eritmaga ho‘llangan paxta pilik kiritiladi va 2 – 3 daqiqa-
dan  so‘ng  aylanma  harakatlar  bilan  qatqaloqlar  chiqariladi.  Bu 


94 
muolaja nihoyatda oddiy, biroq e’tibor va sabr - toqatli bo‘lish-
ni talab etadi. 
   

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin